1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

  • Asosiy
  • 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

Bugun, 29-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari tomonidan 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Bayram tadbirining badiiy qismida TATU talabalari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.