
Shu kundan boshlab sizlar uchun:
⏺ “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi;
⏺ “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.
🔺Haftalik davomida:
🔵 Universitet faoliyati va kredit tizimi mazmun-mohiyati bilan tanishtirish;
🔵 Kredit-modul tizimining afzalliklarini tushuntirish;
🔵 Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish;
🔵 Akademik halollik tamoyillari, kasbiy va shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib boriladi.
❗️Eslatma: Universitetning 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun o‘qish 8-sentabrdan boshlanadi.
✅Yangi o‘quv yilida barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz!