Özbek va rus tillari

Kafedra mudiri:

Abdullaeva Simela Xristoforovna

Qabul vaqti: Çorşanba, Juma (14:00 – 16:00)
Telefon: (+99871) 238-64-62

Hozirgi «Özbek va rus tillari» kafedrasi dastlab 1955-1980- yillar «Rus va çet tillari» kafedrasi nomi bilan, 1980 -yili «Çet tillar» kafedrasi taşkil etilişi natijasida “Tillar” kafedrasi va 1989- yili özbek tiliga Davlat tili maqomi berilişi munosabati bilan 1990-1991 öquv yilidan boşlab “Özbek va rus tillari» kafedrasi deb yuritila boşladi. «Rus va çet tillari» kafedrasiga 1955-1971 yillar davomida M.E.Krukovskaya-Runskaya, katta öqituvçi А.E.Sviridova (1971-1975) hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.E.Kostromina (1975-1980) mudirlik qilgan. “Tillar” kafedrasiga V.M.Аbdullayev (1980-1991), «Özbek va rus tillari» kafedrasiga N.K.Yakubova (1991-2003) mudirlik qildilar. Hozirgi vaqtda kafedrani dotsent S.X.Аbdullayeva boşqarmoqda.
1986 -yildan çet ellik talabalarni rus tiliga örgatiş uçun kafedra tarkibida rus tili öqituvçilari maxsus guruhi taşkil etildi. Bu guruhga katta öqituvçi I.M.Аbakova rahbarlik qilib, katta öqituvçilar R.S.Xalimova, L.D.Xasanova, L.X.Xamdam-Zodalar bilan birgalikda  25 mamlakatdan kelgan çet ellik yoşlarga rus tilidan bilim berdilar.
   Kafedra öqituvçilari talabalar orasida tarbiyaviy va maʼrifiy işlar olib borişda faol qatnaşib kelmoqdalar. Ular tomonidan özbek va rus yozuvçi hamda şoirlari hayoti va ijodiga bağişlangan uçraşuvlar, adabiy keçalar, til bayramlari ötkaziladi.
Kafedra öqituvçilari taʼlimning kredit tizimi şaroitida akademik yozuv va universitetda faoliyat yuritayotgan Belorussiya qöşma fakultetiga  rus tili fanidan maşğulot olib boradilar.
Hozirgi vaqtda kafedrada kafedra mudiri, 2 nafar dotsent, 3 nafar katta öqituvçi, 3 nafar stajyor- öqituvçi  faoliyat yuritmoqda. Kafedra öqituvçilari OʼzFА, Til va adabiyot instituti, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston Davlat jahon tillari universiteti va Toşkent oliy pedagogika instituti bilan doimiy aloqa örnatganlar.
   Kafedra öqituvçilari «Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari yönalişlariga oid leksikani örganiş va uni öquv jarayonida qöllaş usullari» mavzusida ilmiy izlanişlar olib bormoqdalar. Pedagogika fanlari böyiça PhD ilmiy darajasiga  daʼvogar katta öqituvçi N.P.Medentseva, filologiya fanlari böyiça PhD ilmiy darajasiga  daʼvogarlar Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi, Shukurbayeva Ozoda Nasriddin qizi, Turaqulova Mahliyo G‘ayrat qizi özlarining dissertatsiya mavzularini tasdiqlatib, uning ustida iş olib bormoqdalar.

Kafedrada öqitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Akademik yozuv
  • Akdemiçeskoye pismo
  • Russkiy yazik
  • Özbek tili

Kafedra professor-öqituvçilari

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedra öqituvçilari tomonidan “Теория и практика обучения академическому письму в техническом вузе”  mavzusida ilmiy izlanişlar olib borilmoqda.

  • Kafedra mustaqil izlanivçilari Batirova N.B. Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi, Turaqulova Mahliyo G‘ayrat qizi, Jazilova Malika Bekmirzayevna ilmiy tatqiqot işlarini olib borişmoqda:

7 monografiya naşr qilingan:

  • Abdullayeva S.X. Интегративный подход в обучении профессиональной лексике. Принципы. Методы. Модели.
  • Abdullayeva S.X. Лексика инфокоммуникационных технологий как предмет изучения в неязыковых вузах Узбекистана
  • AbdullayevaS.X. “Теоретические аспекты обучения академическому письму”
  • Dospanova D.U. Специфика организации антропонимов в узбекском и каракалпакском языках
  • Yulanova N.D. Ассиметрия гендерных отношений в лексике русского и узбекского языков.
  • Gayubova К.А. “Oliy öquv yurtlarida akademik yozuv fanini öqitişning nazariy jihatlari”.
  • Gayubova К.А. Specifics of teaching academic writing in higher education institutions of Uzbekistan

Hozirgi paytda kafedrada TATU barça yönaliş talabalari uçun masofaviy ta’lim şakli uçun kontent tayyorlandi. Kafedra öqituvçilari  texnik oliygohlarda  tillarni öqitiş nazaryasi va amaliyoti sohasida  ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.  Öquv jarayoniga infokommunikatsion texnologiyalar qöllangan  pedagogik texnologiyalar tadbiq etilmoqda.

Hozirgi paytda kafedrada TATU barça yönaliş talabalari uçun “Интегративный курс русского языка” öquv–uslubiy qöllanmasi  tayyorlanib, çop etilmoqda. Kafedra öqituvçilari  texnik oliygohlarda  tillarni öqitiş nazaryasi va amaliyoti sohasida  ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.  Öquv jarayoniga infokommunikatsion texnologiyalar qöllangan  pedagogik texnologiyalar tadbiq etilmoqda.

Litseylar bilan hamkorlik

Kafedra litsey va kollejlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Ular bilan birgalikda oçiq maşğulotlar, ilmiy va metodik seminarlar, buyuk allomalarga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ötkazilmoqda.

2025-yil 11-sentabr kuni TATUda Özbek va rus tili kafedrasi negizida Rus tili markazining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Marosimda Toşkentdagi "Rossotrudniçestvo" vakolatxonasi koordinatori Irina Vladimirovna Suljina iştirok etib, taşkilotçilarni tabrikladi va markazga esdalik adabiyotlarni topşirdi.

Markaz faoliyati rus tilini çet tili sifatida öqitişga yönaltirilgan bölib, qatnaşuvçilar:

🔵 rus tili grammatikasining asosiy tuşunçalarini egallaşlari;

🔵 oğzaki nutq könikmalarini rivojlantirişlari;

🔵 matnlarni rus tiliga tarjima qiliş (fakultativ);

🔵 rus madaniyati, adabiyot va kinosiga yaqinlaşiş (fakultativ) imkoniyatiga ega böladilar.

Markazda zamonaviy öqitiş tizimi, individual yondaşuv va barça darajadagi öquvçilar uçun rus tilini örgatiş metodikasi mavjud.

Maşğulotlar belgilangan jadval asosida olib boriladi.

💡Talabalar uçun bu markaz nafaqat yangi bilim, balki böş vaqtni mazmunli ötkaziş uçun ham ajoyib imkoniyatdir!

 

 

Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetida “Academic Writing” seminar-treninglar

Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Özbek va rus tillari kafedrasi taşabbusi bilan 2025-yil 23-oktabr, 6-, 13- va 20-noyabr kunlari Hindistonlik taniqli professor Dr. Emilda Josephine (M.A. (Eng), M.Phil (Eng), M.Ed, M.Phil (Edn), Ph.D, M.A. (Soc), TEFL/TESOL, Associate Professor, MA TESOL, Webster’s University) iştirokida “Academic Writing” mavzusida seminar-treninglar ötkazilmoqda.

Uşbu seminar-treninglarning asosiy maqsadi — talabalar, magistrantlar va professor-öqituvçilarning ilmiy yozuv könikmalarini rivojlantiriş, xalqaro akademik yozuv standartlarini çuqur örganiş hamda ingliz tilidagi ilmiy maqola va tezislarni sifatli tayyorlaşga kömaklaşişdir.

Seminar davomida iştirokçilar quyidagi yönalişlarda amaliy bilim va tajriba orttiradilar:

  • Akademik yozuvning tuzilmasi va uslubi;
  • Tadqiqot maqolasini yoziş bosqiçlari;
  • Ilmiy manbalardan foydalaniş va iqtibos keltiriş qoidalari;
  • Xalqaro naşrlarda çop etiş talablari.

Mazkur seminar-treninglar iştirokçilarga ilmiy yozuv böyiça xalqaro tajribaga ega mutaxassisdan bevosita bilim oliş imkoniyatini yaratadi.

 

Universitetning Özbek va rus tillari kafedrasi qoşida “Özbek tili” markazi oçilişiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Mazkur taşabbus söz mulkining sultoni — Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan taşkil etildi.

Tadbirda universitet rektor bosçiligidagi rahbariyat vakillari, professor-öqituvçilar, AKTSIM fakulteti ustozlari, tyutorlari hamda iqtidorli talaba-yoşlar iştirok etdilar.

 Oçiliş marosimida:

— rektor prof. B.Sh. Maxkamov;

— kafedra mudiri S.X. Abdullayeva;

— kafedra professori, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi G.X. Mansurova sözga çiqib, ona tilimizning ta’lim va ma’naviyatdagi örni haqida fikr bildirdilar.

Rektor öz nutqida joriy öquv yilida universitetda Ingliz, Nemis, Rus tillari markazlari faoliyati yölga qöyilganini ta’kidlab, bugun uşbu markazlar safiga “Özbek tili” markazining qöşilgani muhim va quvonarli voqea ekanini qayd etdi.

         Tadbir yakunida ramziy sovğalar — kitoblar universitet rahbariyatiga taqdim etildi va tadbir kötarinki ruhda yakunlandi.

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy işlari

2021-2022 öquv yili uçun tasdiqlangan reja böyiça Özbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan ötkazilgan “Til – millat közgusi!” mavzusida universitet katta majlislar zalida tadbir ötkazildi. Tadbir “Özbek va rus tillari” kafedrasi katta öqituvçilari N.D.Yulanova, K.A.Gayubovalar tomonidan tayyorlandi. Tadbirda universitetimiz  yoşlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektor Ernazarov Fayzullo Narzullayevichga hamda universitetimizning birinçi bosqiç talabalari özlarining şe’r, qöşiq, sahna köriniş, raqslari bilan faol  iştirok etişdi. Tadbir universitet katta majlislar zalida bölib ötdi.

Özbekiston Prezidenti maslahatçisi A.Abduvohidov tomonidan tasdiqlangan “Adiblar hiyobonidagi buyuk siymolarning haykallari atrofida 2020-2021 öquv yilida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş reja-grafigi” ga asosan Adiblar hiyobonidagi buyuk siymolarning haykallari atrofida kafedra öqituvçilari hamda talabalar bilan birgalikda 1 noyabr kuni adiblar Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad  va Saida Zunnunovalar hayoti va ijodiy me’rosini örganiş maqsadida adabiy keça ötkazildi. Tadbirni kafedra öqituvçilar Gayubova K.A, Abdullayeva, N.Raximova, L.Nosirov, D.U.Dospanova, N.P.Medenseva, N.A.Xaitbova adiblar haqida juda ham qiziqarli ma’lumotlarni yetkazib, keça qatnaşçilarida katta taassurot qoldirdi.

2021 yil  18 noyabr kuni kafedra öqituvçilari Gayubova K.A, Abdullayeva, N.D.Yulanova, L.Nosirov xamda 313-21 DI, 211-21 KI fakulteti talabalari iştirokida TATU media markazi pavilonida lotin alifbosiga asoslangan özbek tilini tarğib qilişga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Uçraşuvda Alisher Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazining yetakçi mutaxessisi, f.f.n, dotsent O‘rinboyev Boboyor Mahmudovich lotin alifbosiga asoslangan özbek tili haqida kerakli va qiziqarli ma’lumotlarnitaqdim etdi va tadbir qatnaşçilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

 

2021 yil  29 noyabr kuni kafedra öqituvçilari Abdullayeva S.X, Gayubova K.A, N.D.Yulanova, N.Raximova, L.Nosirov, D.U.Dospanova, N.P.Medenseva, N.A.Xaitbova. D.T. Zaynutdinovalar TATU-BDIRU fakulteti talabalari örtasida “Zakovat” saralaş bosqiçi ötkazildi. Bunda 5ta guruh taşkil qilinib, 11-20 guruhi talabalari ğolib deb topildi va universitet saralaş bosqiçida qatnaşiş imkoniyatiga sazovor bölişdi.

 

 

2021 yil 20 oktabr kuni TATU Majlislar kata zailda “Til – millat közgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazilgan.

 

2021 yil 1 noyabr kuni TATU talabalari bilan Adiblar hiyobonida badiiy keça ötkazildi. Bunda kafedra a’zolari va talabalar iştirok etişdi.

 

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27