Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kengashining 2025-yil 29-apreldagi yig‘ilishi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kengashining 2025-yil 29-apreldagi yig‘ilishi

2025-YIL 29-APREL KUNI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING 8/9 (750/751)-SONLI ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

 

2025-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 8/9 (750/751)-sonli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish avvalida quyidagi professor-o‘qituvchilar o‘zlarining yubiley yoshlarini qarshi olayotgani munosabati bilan tabriklandilar:

  • Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasi dotsenti Sapayev Mamatkarim Soliyevich — 75 yoshga to‘ldilar;
  • Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi professori Yakubov Maqsadxon Sultanniyazovich — 70 yoshga to‘ldilar;
  • Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi dotsenti Akbarova Marg‘uba Xamidovna — 60 yoshga to‘ldilar;
  • Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti Nazarova Gulchehra Nurmuxanbetovna — 60 yoshga to‘ldilar.

 

An’anaga ko‘ra, kengash davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga Oliy attestatsiya komissiyasidan (OAK) ilmiy daraja diplomlari, ilmiy unvonlar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Jumladan:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Chet tillari kafedrasi dotsenti Sultanova Hilola Jamolutdinovna;
  2. Sharipova Aziza Abdumannopovna – Chet tillari kafedrasi mudiri – filologiya fanlari doktori (DSc);
  3. Atashikova Nilufar Anarmatovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  4. Mavlonova Mavluda Davurovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  5. Ismanov Kobuljon Abduraxmonovich – Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi dotsenti v.b. – Janubiy Koreyada joylashgan Pukyong Milliy universitetida tahsil olib, PhD ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi;
  6. Begmatova Ziyoda Zaxidjon qizi – Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi assistenti – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  7. Suyunov Asror Baxtiyorovich – Xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  8. Atoyev Suhrob G‘afurovich – ATDT kafedrasi assistenti – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  9. Matkurbonov Dilshod Matkurbon o‘g‘li – Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti v.b. – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  10. Raxmatullayev Adxamxon Habibullo o‘g‘li – AKTsI kafedrasi assistenti – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
  11. Kerimov Komil Fikratovich – Tizimli va amaliy dasturlashtirish kafedrasi mudiri – “professor” ilmiy unvoni;
  12. Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li – AKTsI va M fakulteti dekani – “dotsent” ilmiy unvoni;
  13. Elov Jamshid Bekmurodovich – Masofaviy ta’lim markazi boshlig‘i – “dotsent” ilmiy unvoni;
  14. Saydaliyeva Gavharxon Avazovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni;
  15. Safarova Fotima Isamiddinovna – Chet tillari kafedrasi dotsenti v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni;
  16. Safarov Jo‘rabek Shakarovich – Oliy matematika kafedrasi professori v.b. – “dotsent” ilmiy unvoni.

 

Quyida bo‘lib o‘tgan ilmiy kengashdan fotolovhalar keltirilgan:




So‘nggi yangilanish: 14.04.2026 17:34