Tarjimai holi
- 1981-yil 27-sentyabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan.
- Ma’lumoti oliy. 2001-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti) telekommunikasiyalar yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan.
- 2003 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini raqamli texnika va boshqaruv tizimlari yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
- 2017 yilda «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan.
- 2018-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan "Texnika fanlari" bo‘yicha “Falsafa doktori" ilmiy darajasini olgan.
- 2001-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida muhandis;
- 2003-2005 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari marketing sektori bosh mutaxassisi;
- 2005-2011 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi Axborot xavfsizligi vositalarini sertifikatlashtirish sektori boshliḡi;
- 2011-yilda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi Axborot xavfsizligi vositalarini loyihalashtirish va ekspertizadan o‘tkazish sektori boshlig‘i;
- 2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash shu’basining yetakchi mutaxassisi;
- 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi;
- 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari;
- 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi direktorning birinchi o‘rinbosari;
- 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari;
- 2018–2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoshidagi “Texnik ko‘maklashish markazi” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari;
- 2019-2020 yillarda “Kiberxavfsizlik Markazi” Davlat unitar korxonasi direktor o‘rinbosari;
- 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.
- 2022 yil 24 martda “Kiberxavfsizlik Markazi” Davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.