
Bo‘lim boshlig‘i:
Hamzayev Jamshid Fayzidin o‘g‘li
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-17:00)
Telefon:
E-mail: rankings@tuit.uz
Milliy va xalqaro reyting bo‘limining maqsadlari:
- Universitetning xalqaro va milliy reytinglardagi o‘rnini oshirish, reyting metodologiyalariga muvofiq strategik rejalashtirishni amalga oshirish, ilmiy-akademik va tashkiliy faoliyat samaradorligini reyting indikatorlari asosida takomillashtirish hamda universitetning milliy va xalqaro reytinglardagi barqaror va ijobiy o‘rnini ta’minlash;
- Xalqaro va milliy xamjamiyatda Universitetning mavqeyini yanada mustaxkamlash;
- Universitetning ilmiy-pedagogik faoliyati, o‘quv-metodik ishlar va ta’lim sifati darajasini, shuningdek talabalar hamda bitiruvchilarning bilim va kompetensiyalarini tavsiflovchi ma’lumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish, ushbu ma’lumotlarni xalqaro va milliy reytinglar indikatorlariga muvofiq tahlil va baholash hamda ularni har yili reyting talablari asosida yangilab borishni muvofiqlashtirish;
- Xalqaro va milliy reytingni oshirishga ko‘mklashuvchi indikatorlarni, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish hamda kelgusi yil uchun yo‘l xaritalari, shuningdek chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishdan iborat.
Milliy va xalqaro reyting bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar:
- Xalqaro va milliy reytinglar metodologiyalarini chuqur tahlil qilish va Universitetning reyting strategiyalarini ishlab chiqish;
- Universitetni xalqaro reytinglarning TOP universitetlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli strategik rejalarini belgilash;
- Universitetni xalqaro reytinglarning TOP universitetlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- Har bir reyting bo‘yicha ustuvor indikatorlar, xavf zonalari va o‘sish nuqtalarini aniqlash;
- Reytinglar kesimida o‘rta va uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash;
- Reytinglar uchun zarur bo‘lgan statistik, akademik va ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish, verifikatsiya qilish va tizimlashtirish;
- Universitet tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda yagona reyting ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- Reyting agentliklarining rasmiy ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq tahlil qilgan holda Universitet jamoasiga taqdim etish.
- Akademik va ish beruvchilar reputatsiyasi bo‘yicha so‘rovnomalar bilan ishlash;
- Reytinglarda aks etuvchi ilmiy samaradorlik indikatorlari bo‘yicha fakultetlar kesimida tahlillar tayyorlash;
- O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
- Xalqaro va mahalliy reyting tashkilotlari bilan reyting masalalarida muloqotni muvofiqlashtirish;
- Universitetning Milliy reytingdagi o‘rnini mustahkamlash;
- Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlari uchun reyting indikatorlari bo‘yicha treninglar tashkil etish;
- Fakultet va kafedralar faoliyatini reyting ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish.
So‘nggi yangilanish: 05.03.2026 18:09