O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018 yil 6 iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish belgilangan:
1) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) – 25 nafar;
2) 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) – 25 nafar;
3) 5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi- 50 nafar.
Jami – 100 nafar.
Maxsus sirtqi bo‘limiga xujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Yuqorida keltirilgan Nizomlarga binoan:
1) Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- pasport asl nusxasi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat (shaxsan taqdim etiladi);
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
-086-U - shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
-3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma
- tavsiyanoma.
- tavsiyanoma.
2) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) va 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishilariga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan amalga oshiriladi.