Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida” 2018 yil 6 iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bakalavriatiga 2018/2019 öquv yilidan boşlab quyidagi ta’lim yönalişlariga qabul qiliş belgilangan:
1) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) – 25 nafar;
2) 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) – 25 nafar;
3) 5350500 - Poçta aloqasi texnologiyasi- 50 nafar.
Jami – 100 nafar.
Maxsus sirtqi bölimiga xujjatlarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida»gi 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qiliş tartibi töğrisida”gi Nizom.
Yuqorida keltirilgan Nizomlarga binoan:
1) Abituriyentlarning öqişga qabul qiliş haqidagi arizalari universitet qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 15 iyulgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim yönalişi, öquv tili va şakli körsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yöqligi, harbiy tavsiyanomaga ega bölganlar uning raqamini va tanlangan ikkinçi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yönalişini körsatişlari hamda test sinovlarini ötkaziş qoidalari va javoblar varaqalarini töğri töldiriş bilan tanişganligi körsatiladi);
- pasport asl nusxasi;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat (şaxsan taqdim etiladi);
- örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
-086-U - şakl böyiça tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
-3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarçasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan köçirma
- tavsiyanoma.
- tavsiyanoma.
2) 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va dasturlari”) va 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yönalişilariga hujjatlarni topşirmoqçi bölgan abituriyentlarga qabul faqat tegişli yoki turdoş ta’lim yönalişiga muvofiq örta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uç yil amaliy iş stajiga ega bölgan, tavsiyanoma beriş Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.
5350500 - Poçta aloqasi texnologiyasi ta’lim yönalişiga hujjatlarni topşirmoqçi bölgan abituriyentlarga qabul faqat tegişli yoki turdoş ta’lim yönalişiga muvofiq örta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uç yil amaliy iş stajiga ega bölgan, tavsiyanoma beriş “Özbekiston poçtasi” AJ tomonidan amalga oşiriladi.
Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15