Oliy ta’lim muassasalarida yagona köp balli baholaş tizimi böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ötkaziş
TARTIBI
1. Oliy ta’lim muassasalarida yagona köp balli baholaş tizimi böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi örinlarda — imtihonlar deb ataladi) test sinovlari boşlangunga qadar Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda ötkaziladi.
2. Test sinovlariga qöşimça tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan ta’lim yönalişlari röyxati böyiça ötkaziladi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning boş maqsadi abiturientlarning tanlangan mutaxassislik böyiça öqiş va keyinçalik işlab ketiş imkoniyatlarini aniqlaş, ularning tanlangan fanlar böyiça bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy könikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholaşdir.
4. Imtihonlar savollari va topşiriqlarining mazmuni umumiy örta ta’lim va örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlaştirilgan bölişi lozim. Sport fanlari böyiça imtihonlar topşiriqlari abiturientlarning alohida toifalari uçun (jinsi va yoşi böyiça) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
5. Abiturientlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qiliş uçun oliy ta’lim muassasasida fan böyiça imtihon komissiyasi taşkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni taşkil etiş va ötkaziş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- imtihonlar boşlanişidan bir oy oldin rektorning buyruği bilan oliy ta’lim muassasasida tegişli fanlar böyiça imtihonlarni taşkil etiş va qabul qiliş masalalari böyiça tajribali, malakali va mas’uliyatli öqituvçilar tarkibidan fan böyiça imtihon komissiyasi taşkil etiladi;
- ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan böyiça imtihon komissiyasi tarkibiga boşqa ta’lim muassasalari öqituvçilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy iş joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilişiga yöl qöyiladi;
- oliy ta’lim muassasasi idoraviy böysunişiga qarab vazirlik (idora) bilan kelişgan holda fan böyiça imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni öz vaqtida tasdiqlaş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;
- «Oliy hamşiralik işi» yönalişi böyiça imtihon komissiyalarining raislari Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
- imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda ötkaziladi;
- imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
- abiturientlarning yozma şaklda bajargan imtihon işlarini tekşiriş va baholaş kiriş yozma imtihonlarini tekşiriş va baholaş uçun belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan örniga qarab (tegişli ravişda 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng köp ballning 0 dan 100 foizgaça bölgan oraliğida, yagona köp balli tizim böyiça baholanadi.
Imtihonlarni baholaş mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abiturientlarga qöyilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta’lim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan fanlar böyiça yagona dastur va baholaş mezonlarini tasdiqlaydi va tegişligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.
Agar imtihon ta’lim yönalişi doirasidagi qator mustaqil fanlar böyiça ötkaziladigan bölsa, unda uni baholaş uçun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga bölinadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boşlanişidan bir oy oldin abiturientlar e’tiboriga Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholaş mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi. «Oliy hamşiralik işi» yönalişi böyiça uşbu tadbirlar Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon röyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan böyiça imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihon qaydnomalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan öz vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
8. Jadval böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abiturientlar test sinovlariga qöyilmaydi.
9. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar ötkazilişi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini körib çiqiş uçun appelyatsiya komissiyasi işi taşkil etiladi.