![]() |
|
| Ism Şarifi: | Mirzayan Mirzaaxmedoviç Kamilov |
| Tuğilgan sana: | 17-10-1936 |
| Tuğilgan joyi: | Toşkent |
| Ilmiy unvoni: | Akademik |
| Ta’lim: | N.E Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurti |
| Yönaliş: | Axborot texnologiyalari |
| Mutaxasisligi: | Informatika,şu jumladan kompyuter tarmoqlari. |
TARJIMAI HOL
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Mirzayan Mirzaaxmedoviç Kamilov 80 yoşda. Mirzayan Mirzaaxmedoviç - taniqli olim va fan arbobi hamda talantli taşkilotçi. U özining 56 yillik ijodiy-işlab çiqariş faoliyati davomida informatikaning nazariy asoslari, tizimli tahlil, boşqaruv, axborotni qayta işlaş, avtomatlaştiriş va texnologik jarayonlarni boşqariş, matematik modellaştiriş, hisoblaş maşinalarining matematik va dasturiy ta’minoti kabi sohalarni rivojlantirişga hamda mamlakatimizda informatika fanini alohida fan maqomiga olib çiqişga salmoqli xissa qöşib kelayotgan yetakçi olimdir. M.M.Kamilov 1936 yilning 17 oktyabrida Toşkent şahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. U özining professional faoliyatini 1960 yilda N.E.Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtining «Hisoblaş maşinalari» mutaxassisligi böyiça imtiyozli diplom bilan bitirganidan söng yöllanma orqali ÖzR FA Romanovskiy nomidagi matematika ilmiy tadqiqot institutining “Hisoblaş texnikasi” bölimida katta muxandis lavozimidan boşladi.

Mirzayan Mirzaaxmedoviç 1967 yilda nomzodlik va 1974 yilda «Baholarni hisoblaşga asoslangan yeçim qabul qiliş algoritmlarini qöllaş usullari va nazariyasini işlab çiqiş» mavzusida Rossiya Fanlar akademiyasini Moskva şahridagi Hisoblaş markazining ixtisoslaştirilgan kengaşida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1977 yilda professor ilmiy unvoniga ega böldi. 1989 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1994 yildan esa informatika ixtisosligi böyiça xaqiqiy a’zosi bölib saylandi.
Mirzayan Mirzaaxmedoviç köp qirrali ijodkor sifatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni işlab çiqişdagi dolzarb hamda amaliy masalalarini yeçişdagi muhim nazariy va amaliy jihatlarini aniqlaş, natijalar işonçliligini ta’minlaş hamda amaliyotda qöllaş uçun yaroqli şaklgaça olib borişi bilan ajralib turadi. Modellaştirişda bunday yondaşuv jarayon holatini tahlil qiliş va maqbul qarorlar qabul qiliş, turli darajadagi tizimlarni boşqarişni maromiga yetkaziş, işlaş faoliyatini dasturlaş va taşhislaşda sezilarli darajada kengaytiriş imkoniyatlarini beradi. Mirzayan Mirzaaxmedoviçning “Qismiy pretsedentlikka asoslangan informatsion-tanib oliş tizimlarining nazariyasi va ularni ma’lumotlarning intellektual tahlili uçun tadbiq qiliş usullari” mavzusidagi timsollarni aniqlaş nazariyasi böyiça olib borgan fundamental tadqiqotlari tahsinga sazovordir. Uning ğoyalari idroklaşning tabiiyligi bilan boğlanganki, bu qaror qabul qilişning zamonaviy usullari asosida tasodifiy axborotlarni oldindan baholaş imkoniyatini yaratib beradi. Uşbu nazariy işlar kimyoviy texnologiya, timsollarni aniqlaş va boşqa köpgina jarayonlarga qöllanilib, samarali natijalar olingan.
ILMIY FAOLIYAT
M.M.Kamilovning ilmiy va amaliy tadqiqotlari asosida 6 ta monografiya va 350 dan ortiq ilmiy maqolalar naşr qilindi.
Uning rahbarligida 17 ta doktorlik va 35 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Bundan taşqari M.M.Kamilov «Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi»ni amalga oşirişda ham özining ulkan hissasini qöşib kelmoqda. U Toşkent davlat texnika universitetida özi taşkil qilgan (hozirda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti”) kafedrasida uzoq yillar rahbarlik qildi va talabalarga amallarni tadqiqi, ma’lumotlarni intellektual tahlil qiliş kabi fanlardan öquv maşğulotlari olib bormoqda.

Akademik M.M.Kamilov Özbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasida vitse prezidenti, Tizimli tadqiqotlar instituti direktori lavozimlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan holda mamlakatimizda informatika fanining rivojlanişiga katta hissa qöşib kelmoqda.
Hozirgi kunda M.M.Kamilov Toşkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratiş markazida “Timsollarni aniqlaş” laboratoriyasi mudiri, Markaz ilmiy va maxsus kengaşlarining a’zosi, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va koommunikatsiyalarini rivojlantiriş Vazirligi tassarufidagi «Informatika va energetika muammolari» Özbekiston jurnali va “Kimyoviy texnologiya. Nazorat va boşqaruv” Xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnallarining tahririyati a’zosi, Toşkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot texnologiyalarini dasturiy ta’minoti”kafedrasi professori bölib, universitet ilmiy, ma’naviy hayotida faol qatnaşib kelmoqda.
Taniqli olim, ÖzR FA xaqiqiy a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Mirzayan Mirzaaxmedoviç Komilovni tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ilmiy jamoatchilik va jurnalimiz tahririyati nomidan çin yurakdan tabriklaymiz. Mirzayan Mirzaaxmedoviçga uzoq umr, sihat-salomatlik va ilmiy faoliyatlarida ijodiy barkamollik tilaymiz.
