Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich

  • Asosiy
  • Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich
Ism Şarifi: Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich
Tuğilgan sana: 24-11-1942
Tuğilgan joyi: Toşkent
Ilmiy unvoni: Professor, Texnika fanlar nomzodi
Ta’lim: -
Yönaliş: -
Mutaxasisligi: Informatika,şu jumladan kompyuter tarmoqlari.

 

Ilm bebaho boylik, uni egallaş oson iş emas. Ulamolar ilm olişni igna bilan quduq qazişga öxşatişgan. Inson şunday bebaho xazinaning sohibi bölişida ustozning örni beqiyos.
Bunga bir misol ustoz Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich.
Şuning uçun ham ustoz deganda könglimizda çuqur hurmat va ehtirom, çeksiz minnatdorlik tuyğulari, şu bilan birga heç qanday boylik bilan ölçab, ado etib bölmaydigan qarzdorlik hissi paydo böladi.
Ustoz murabbiyimizni eʼzozlaş, ularni mehnatining buyukligini yana bir bora eʼtirof etiş maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti nomidan minnatdorlik satrlarini yozmoqdamiz.
Xalqimizda “Ustoz otangdek uluğ” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. Uluğlarimiz, ustoz va muallimlarning haqqini yaxşi bilganlar, ularning qadri neçoğli baland ekanini teran anglaganlar va şunga köra muomala qilganlar.
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Аlisher Navoiyning bu baytlaridan oşirib bir söz aytmoq muşkuldir:
Haq yölida kim senga bir harf öqutmiş ranj ila,
Аylamak bölmas ado oning haqin yuz ganj ila.


Şunday ekan öquvçi yoşlar, talabalar va barçamiz ustozlarni qadrlab, doimo ularga hurmat-ehtirom körsatişimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan şogird haqiqiy maʼnoda ustozlarini hurmat qilgan böladi va olayotgan ilmu hunari samarali bölib, vujudiga singadi va kelajakda manfaatli böladi.

TАTUda ustozlarni ardoqlaş eng oliy mezonlarga aylanmoqda, universitetimiz fahrlari doim eʼtiborimizda.

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27