Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich

Ism Sharifi: Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich
Tug‘ilgan sana: 24-11-1942
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ilmiy unvoni: Professor, Texnika fanlar nomzodi
Ta’lim: -
Yo‘nalish: -
Mutaxasisligi: Informatika,shu jumladan kompyuter tarmoqlari.

 

Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga oʼxshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi boʼlishida ustozning oʼrni beqiyos.
Bunga bir misol ustoz Isaev Rixsixoʼja Isaxodjaevich.
Shuning uchun ham ustoz deganda koʼnglimizda chuqur hurmat va ehtirom, cheksiz minnatdorlik tuygʼulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan oʼlchab, ado etib boʼlmaydigan qarzdorlik hissi paydo boʼladi.
Ustoz murabbiyimizni eʼzozlash, ularni mehnatining buyukligini yana bir bora eʼtirof etish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomidan minnatdorlik satrlarini yozmoqdamiz.
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulugʼ” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. Ulugʼlarimiz, ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechogʼli baland ekanini teran anglaganlar va shunga koʼra muomala qilganlar.
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Аlisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir soʼz aytmoq mushkuldir:
Haq yoʼlida kim senga bir harf oʼqutmish ranj ila,
Аylamak boʼlmas ado oning haqin yuz ganj ila.


Shunday ekan oʼquvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo ularga hurmat-ehtirom koʼrsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird haqiqiy maʼnoda ustozlarini hurmat qilgan boʼladi va olayotgan ilmu hunari samarali boʼlib, vujudiga singadi va kelajakda manfaatli boʼladi.

TАTUda ustozlarni ardoqlash eng oliy mezonlarga aylanmoqda, universitetimiz fahrlari doim eʼtiborimizda.