
Bo‘lim boshlig‘i:
Ulyanova Natalya Valentinovna
Ilmiy tatqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi haqida
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bu oliy ta’limning keyingi ta’lim bosqichi hisoblanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining eng muhim vazifasi tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun doktorantlarga kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash va doktorantlarning shaxsiy ishlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishdir.
Ilmiy tatqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalar bo‘lib quyidagilar belgilangan:
-
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limininga tegishli hukumat hukmlarini, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va direktiv idoralarning qaror va farmoyishlarini hayotga tatbiq qilish;
-
tanlov asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarning qabulni tashkil etish, hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarni markaziy ilmiy korxonalar va oliy ta’lim o‘quv yurtlariga yuborish;
-
katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarning ish rejalari va dissertatsiya ishlarining ilmiy mavzularini o‘z vaqtida tasdiqlanishini tashkil etish.
Ushbu bo‘limni ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i boshqaradi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i TATU ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) bo‘yicha prorektoriga bo‘ysinadi va TATU rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod etiladi.
Ilmiy tatqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i va xodimlari o‘z ishlarida quyidagi xujjatlarga amal qiladilar:
-
Amaldagi qonunchilikka (shaxsiy ishlarini qabul qilishda va rasmiylashtirishda);
-
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qaror va farmoyishlariga;
-
Aspirantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha asosiy qoidalariga;
-
TATU nizomiga.