Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich

  • Asosiy
  • Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich
Ism Şarifi: Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich
Tuğilgan sana: 14-06-1946
Tuğilgan joyi: Toşkent
Ilmiy unvoni: Dotsent
Ta’lim: Nizomiy nomidagi Toşkent davlar pedagogika instituti
Yönaliş: Axborot texnologiyalari
Mutaxasisligi: Matematika va hisoblaş-yeçiş asboblari hamda qurilmalari.

 

TARJIMAI HOL

   Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich - olim va fan arbobi. U özining 50 yillik ijodiy-işlab çiqariş faoliyati davomida hisoblaş texnikasi, avtomatlaştiriş va texnologik jarayonlarni boşqariş, matematik modellaştiriş, hisoblaş maşinalarining matematik va dasturiy ta’minoti kabi sohalarni rivojlantirişga salmoqli xissa qöşib kelayotgan yetakçi olimdir. S.D.Gaibnazarov 1946 yilning 14 iyunida Toşkent şahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. U özining professional faoliyatini 1968 yilda Toşkent politexnika universutetining «Matematika va hisoblaş-yeçiş asboblari hamda qurilmalari» mutaxassisligi böyiça imtiyozli diplom bilan bitirganidan söng mazkur universitetning “Hisoblaş texnikasi” kafedrasi assistenti lavozimidan boşladi.

 1970-1974 yillarda Ukraina fanlar akademiyasi Kibernetika (Elektrodinamika) instituti aspiranti;

 1975-1985 yillarda Özbekiston Fanlar Akademiyasi Hisoblaş markazli Kibernetika instituti, elektron hisoblaş maşina elementlari laboratoriyasi katta injeneri, kiçik ilmiy xodimi, katta  ilmiy xodimi;

1985-1989 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi Aniq mexanika va hisoblaş texnikasi instituti, köp protsessorli hisoblaş majmualari bölimi katta ilmiy xodimi;

1989-1992 yillarda  Rossiya Radio sanoat vazirligi, Hisoblaş texnikasi vositalari ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi integratsiyalangan avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlarining axborot ta’minoti sektori boşliğI;

1992-1996 yillarda Toşkent Davlat texnika universiteti hisoblaş maşinalari, majmualari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti;

1996-2014 yillarda Toşkent Davlat agrar universiteti matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti;

2015-2017 yillarda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti;

2017-2020 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti.

Sultonmurod Djurayevich 1984 yilda Özbekiston Fanlar Akademiyasi Hisoblaş markazli Kibernetika instituti ixtisoslaştirilgan kengaşida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1994 yilda «Hisoblaş texnikasi va boşqaruv tizimlarinig qismlari va qurilmalari» ixtisosligi böyiça dotsent unvonini olgan.

 

ILMIY FAOLIYAT

S.D.Gaibnazarovning ilmiy va amaliy tadqiqotlari asosida monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar naşr qilindi.

Bundan taşqari S.D.Gaibnazarov «Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi»ni amalga oşirişda ham özining hissasini qöşib kelmoqda. U Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti sifatida “Öqitiş natijalarini baholaşning zamonaviy vositalari”, ’’Informatika ixtisosligi fanlarini öqitiş metodikai”, “Maxsus fanlarni ’oqitiş metodikasi” kabi fanlardan öquv qöllanma, uslubiy qöllanmalar muallifi hisoblanadi.

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27