Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich

  • Home
  • Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich
Ism Sharifi: Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich
Tug‘ilgan sana: 14-06-1946
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ilmiy unvoni: Dotsent
Ta’lim: Nizomiy nomidagi Toshkent davlar pedagogika instituti
Yo‘nalish: Axborot texnologiyalari
Mutaxasisligi: Matematika va hisoblash-yechish asboblari hamda qurilmalari.

 

TARJIMAI HOL

   Gaibnazarov Sultonmurod Djurayevich - olim va fan arbobi. U o‘zining 50 yillik ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati davomida hisoblash texnikasi, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni boshqarish, matematik modellashtirish, hisoblash mashinalarining matematik va dasturiy ta’minoti kabi sohalarni rivojlantirishga salmoqli xissa qo‘shib kelayotgan yetakchi olimdir. S.D.Gaibnazarov 1946 yilning 14 iyunida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. U o‘zining professional faoliyatini 1968 yilda Toshkent politexnika universutetining «Matematika va hisoblash-yechish asboblari hamda qurilmalari» mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan bitirganidan so‘ng mazkur universitetning “Hisoblash texnikasi” kafedrasi assistenti lavozimidan boshladi.

 1970-1974 yillarda Ukraina fanlar akademiyasi Kibernetika (Elektrodinamika) instituti aspiranti;

 1975-1985 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Hisoblash markazli Kibernetika instituti, elektron hisoblash mashina elementlari laboratoriyasi katta injeneri, kichik ilmiy xodimi, katta  ilmiy xodimi;

1985-1989 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi Aniq mexanika va hisoblash texnikasi instituti, ko‘p protsessorli hisoblash majmualari bo‘limi katta ilmiy xodimi;

1989-1992 yillarda  Rossiya Radio sanoat vazirligi, Hisoblash texnikasi vositalari ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi integratsiyalangan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining axborot ta’minoti sektori boshlig‘I;

1992-1996 yillarda Toshkent Davlat texnika universiteti hisoblash mashinalari, majmualari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti;

1996-2014 yillarda Toshkent Davlat agrar universiteti matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti;

2015-2017 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti;

2017-2020 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti.

Sultonmurod Djurayevich 1984 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Hisoblash markazli Kibernetika instituti ixtisoslashtirilgan kengashida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1994 yilda «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarinig qismlari va qurilmalari» ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvonini olgan.

 

ILMIY FAOLIYAT

S.D.Gaibnazarovning ilmiy va amaliy tadqiqotlari asosida monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr qilindi.

Bundan tashqari S.D.Gaibnazarov «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda ham o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda. U Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti sifatida “Oʻqitish natijalarini baholashning zamonaviy vositalari”, ’’Informatika ixtisosligi fanlarini o‘qitish metodikai”, “Maxsus fanlarni ’oqitish metodikasi” kabi fanlardan o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.