Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori:
Muxtarov Farrux Muhammadovich
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiafl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 sonli Qarori asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq so‘ngi yillar ichida xalqaro standartlari darajasida AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini mutlaqo yaxshilash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Filial tarkibida 2 ta fakultet, 9 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 6 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning 1 yangi 5234100 – Raqamli iqtisodiyot (Tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Filial tarkibida 3 ta fakultet, 9 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 6 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Filialda 3475 nafar talaba tahsil oladi, shulardan, bakalavriatda kunduzgi - 2051 nafar, sirtqida - 1226 nafar, magistraturada - 84 nafarni tashkil etadi, masofaviy ta’limda -114.
So‘nggi yil ichida filial 6 nafar talaba Davlat stipendiyasi, jumladan 1 nafar talaba Beruniy nomidagi, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi, 4 nafar talaba Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasini egallashdi. Universitetda 112 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi, shulardan 45 nafari fan doktori va fan nomzodlari (PhD), dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 40.2,9% tashkil etadi.
Filialda 2 ta o‘quv binosi mavjud. 1-o‘quv binosi 2009 yil foydalanishga topshirilgan, 360 o‘quv o‘rniga mo‘ljallangan, hozirda 1015 o‘quv o‘rni mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni asosida “Farg‘ona aloqa kasb-hunar kolleji”ning bino va inshootlari filialga berilgan. Hozirda ushbu 2-o‘quv binoda 715 o‘quv o‘rni mavjud.
Shuningdek, 1-binoda 39 ta, 2-binodan 20 ta, jami 59 ta auditoriyalar mavjud. Ularning 19 tasi ma’ruza xonasi, 16 tasi amaliy mashg‘ulot xonasi, 9 tasi o‘quv-laboratoriya, 13 tasi kompyuter sinfi, 1 tasi lingafon sinfi va 1 tasi katta majlislar zalidan iborat. Bundan tashqari, 2 ta yopiq sport zali ham mavjud. 1-binoda Kompyuter injiniringi fakulteti va O‘zbek-Beloruss qo‘shma fakulteti, 2-binoda esa Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti talabalari ta’lim oladilar.
So‘nggi yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta darslik va 17 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya va 170 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
Axborot resurs markazi fondida 4678 nomda 14134 nusxa kitob. Shundan, ilmiy adabiyotlar - 144 nomda 706 nusxa, darsliklar - 1078 nomda 4529 nusxa, o‘quv qo‘llanmalar - 2200 nomda 5661 nusxa, badiiy adabiyotlar - 748 nomda 1221 nusxa, xorijiy adabiyotlar - 442 nomda 878 nusxa, boshqa adabiyotlar - 149 nomda 467 nusxani tashkil etadi. Bundan 1518 nomda 3520 nusxa - o‘zbek tilida, 1624 nomda 4126 nusxa - lotin grafikasida, 712 nomda 3741 nusxa - rus tilida, 642 nomda 1922 nusxa - xorijiy tillardan iborat.
Axborot resurs markazida Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi to‘g‘risida ma’lumot: Scopus.com, Web of scence.com ma’lumotlar bazasiga sinovli kirish imkoniyati yaratilgan. EBSCO ilmiy – ta’limiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish davom etmoqda. http://search.ebscohost.com/
So‘nggi ikki yil davomida 112 nafar professor-o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qidi.
Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan Davlat dasturlari doirasidagi va grant-loyihalar tanlovlarida faol qatnashish hamda ho‘jalik shartnomalarini tashkil etish orqali 300 mln. so‘mdan ziyod mablag‘lar qo‘lga kiritilgan. Bugungi kunda umumiy qiymati 1.5 mlrd.so‘mni tashkil etuvchi loyihala tanlovlarida ishtirok etib kelinmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali murojaat ma’lumotlari:
Direktor: Muxtarov Farrux Muhammadovich
Manzil: Farg‘ona shahar, 150118, Mustaqillik ko‘chasi, 185-uy
Telefon: 8 (373) – 226-82-09
Faks: 8 (373) – 226-82-09
Veb sahifa manzili: www.tatuff.uz
E-mail: info@tatuff.uz