Ферганский филиал ТУИТ

     

Farg`ona filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ - 91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son "Oliy ta'lim muassasalari filiallari to`g`risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g`risida"gi buyrug`i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg`ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filialda "2005/2006 o`quv yilida 93 bitiruvchiga, 2006/2007 o`quv yilida-103, 2007/2008 o`quv yilida-154, 2008/2009 o`quv yilida-191 bitiruvchiga yosh mutaxassis sifatida "hayotga" yo`llanma berildi.

Filialda jami 74ta professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, shundan: 4 nafar fan doktori, 23 nafar fan nomzodi hamda 47 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo`lmagan pedagoglar faoliyat ko`rsatadilar. O`qituvchilar safida kafedra professorlari: D.Ye.Akbarov, N.Jo`rayev va kafedra dotsenti N.Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor bo`lib, talabalarga chuqur bilim beradilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "IT-servis", "Multimedia texnologiyalari");
  • Dasturiy injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiya", "Teleradiouzatish", "Mobil tizimlar")
  • Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo'yicha)

Ilmiy - tadqiqot ishlari

Filialda 2008-2015 yillarga mo`ljalllangan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur reja asosida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasi sifatida professor-o`qituvchilar tomonidan 47 elektron ishlanma, 35 elektron darslik, 8 taqdimot, virtual laboratoriya uchun 10 ta stend tayyorlangan. Bundan tashqari, 4 ta O`zbekiston Davlat patenti olindi, 3 ta ilmiy monografiya yozildi, 134 ilmiy maqolalar va maqola tezislari e'lon qilindi. Bularning ko`pchiligi xorijiy davlatlarning ilmiy nashrlarida chop etilgan.

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2009 yil o`quv yili yakunlanishi bilan 191 bitiruvchiga hayotga yo`llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta'limi, oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali murojaat ma'lumotlari:

  • Tel./faks: (8 373) 222-20-30