Fakultet bitiruvçilari

  • Asosiy
  • Fakultet bitiruvçilari

Men uşbu fakultetning magistratura bosqiçida tahsil olganman. Ikki yil mobaynida olingan bilimlarim, ortirilgan tajribam hamda ustozlar tomonidan berilgan maslahatlar asosida öz fikrlaş doiram va dunyo qaraşlarimni şakllantirişga erişganman. Hozirda iş faoliyatim davomida uşbu tajribalar juda ham foyda bermoqda. Uşbu fakultet bitiruvçisi sifatida fakultet faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tilagan holda, universitetning eng yaxşi fakulteti bölişiga işonaman.

Alimov Saydulla Raxmatillaevich
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi
Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi
Elektron hukumat tizimini va axborot texnologiyalarini
rivojlantiriş bölimi boşliği


FAKULTETIM – FAXRIM!

Oilamizda otam va akalarimning bari aniq fanlarga qiziqişgani va şu yönalişda ilmiy işlar qilişgani uçun menga ham şu yölni tavsiya berişardi. Ammo bolaligimdan televideniye olami meni öziga mahliyo etganligi uçun kelajagimni aynan TV sohasida tasavvur qilardim. 2009 yili, 17 yoşimda Toşkent Axborot Texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti oçilganligini eşitib juda quvondim. Çunki bu men uçun ham oilaviy anʼanamizni davom ettirgan holda aniq fanlarni özlaştiriş jarayonida egallagan bilimlarim orqali talaba böliş, ham TV sari navbatdagi qadam edi. Yaxşi niyat – yarim mol deganlaridek, 2011 yili universitetning aynan şu fakulteti talabalari safidan joy oldim. Haşamatli öquv binolari-yu zamonaviy öquv uslublari, dars jarayonlaridagi soha professionallarining maşğulot va maʼruzalari qiziqişlarimning tobora ortişiga sabab böldi. Şartnoma asosida talabalikka qabul qilingan bölsam-da, Taʼlim grantlari dasturi ğolibi sifatida imtiyozli tahsil oldim. Öqituvçi-murabbiylar, professorlar, amaliy maşğulotlar rahbarlari, kafedra va fakultetning jonkuyar ustozlari hamda bevosita universitet rahbariyatining qöllab-quvvatlaşi ölaroq turli tanlovdarda qatnaşib, bir neça bor ğolib va sorvrindor bölişga muvaffaq böldim. “Televizion texnologiyalar” fakultetining 2 bosqiç talabasi bölgan kezlarimda esa egallagan nazariy bilimlarimni Respublika telekanallaridagi amaliy jarayonlarda qöllab, u yerda ham yetarliça yutuqlarni qölga kirita boşladim. Özbekiston Ellektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi tarkibidagi nodavlat tele va radiostansiyalar uçun tayyorlanadigan informatsion dasturlardan muxbir, muharrir, keyinçalik tahririyat boş muharriri vazifalarida ijod qila boşladim. Doim universitetim va fakultetim bilan ğururlanib, faxrlaganman. Bu kunga qadar erişgan har bir yutuqlarimning sababçilari qatorida  Toşkent Axborot Texnologiyalari universitetining “Televizion texnologiyalar” fakulteti rahbariyati, öqituvçi-professorlarini iftixor bilan tilga olişga haqliman. 10 yoshing muborak, fakultetim – faxrim!

Parviz FATTOYEV

“Sevimli” telekanali muharriri va boşlovçisi.


Esimda, uşbu fakultetga öqişga qabul qilingan davrlarim, fakultetimiz hali endigina taşkil etilgan, uning tarkibidagi mutaxassislik kafedralari ham öz faoliyatini yaqindagina boşlagan vaqtlar edi. Lekin, hali bu fakultet uzoq yillar faoliyat olib borişiga, hamda köplab iqtidorli yoşlarni kaşf etişiga işonçim komil edi. Men uşbu fakultet işlarida ulkan muvaffaqqiyatlar tilayman!

TUXTAYEV SOHIB SADIRIDINOVICh
Janubiy Koreyaning 
DTS (DaTong Solution) Inc. kompaniyasi
“Deep Leerning” sohasida izlanuvçi-muhandisi


FAKULTET MEHRI MENI HANUZ ÖZIGA ÇORLAYDI!

Inson öz maqsadiga erişişi uçun yölni töğri tanlay bilişi kerak deb öylayman. Çunki, aniq qöyilgan qadam bir kun kelib öz samarasini beradi. Men ham ikkilanmasdan maqsadimni aniq belgiladim va qadamimni şahdam taşladim deb ayta olaman. Sababi, köplab abiturientlar orzu qiladigan universitetlardan biri bölgan, Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga 2013-yil öz hujjatlarimni topşirdim. Omadim kelib şu yili talabalik baxtiga muyassar böldim. Universitetning Televizion texnologiyalari fakultetida tahsil ola boşladim. 4 yil mobaynida mazkur universitetning professor-öqituvçilari, öz kasbining yetuk mutaxassislari tomonidan bilim va könikmalar oldim. Umuman olib aytganda, televideniya sohasiga aynan şu kezlardan mehrim yanayam oşdi. Çunki, fakultet ustozlari tomonidan berilgan amaliy va nazariy bilimlarni tinglamaslik va özlaştirmaslikning şunçaki iloji yöq edi. 4-bosqiçga ötgan kezlarimda fakultet bağridan uzoqlaşiş onlari yaqinlaşayotgani sari könglim biroz hijil tortardi. Çunki, 4 yil kimlardir uçun oddiy hol va qisqa vaqt bölişi mumkin, lekin uşbu davr men uçun hayotimning eng zavqli pallasi bölib ulgurgandi. 2017-yilda Televizion texnologiyalari fakultetini tamomladim va keyingi maqsadim bölgan, televideniya sari yöl oldim. Mazkur fakultetdan olgan bilimlarim va amaliy tajribalarim sabab, ayni paytda öz kasbim va iş joyimga egaman. Ammo şu fursatdan foydalanib bir narsani takror aytişni istadim. “Fakultet mehri meni hanuz öziga çorlaydi”. 10 yoshing muborak qadrdon ilm maskanim!

Uchqun NOMOZOV
“Sevimli” telekanali “Zamon” ITD jurnalisti

Bugungi kunda respublikada 96 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat körsatayotgan bölsa, ular orasida bizning universitetimiz alohida mavqega ega. Bu tabarruk dargoh faqatgina öquv maskani emas, balki ijodiy ğoyalarni töplab yangi mahsulotlar, texnologiyalar va nomoddiy aktivlar barpo etuvçi muassasa hamdir. Jumladan menga 4 yil mobaynida beminnat saboq berib kelayotgan aziz “Televizion texnologiyalar” deb atalmiş fakultetim men kabi köplab talabalarning hayot yölida öziga xos iz qoldirişini eʼtirof etmasam bölmas... 

Fursatdan foydalanib, 10 yillik tarix kitobiga ega aziz fakultetimni  qutluğ sana bilan tabriklayman. Taʼlim deya atalmiş murakkab va öta masʼuliyatli sohada fidoyilarça mehnat qilayotgan eʼzozli ustozlarimizga taʼzim qilaman!

Meron Muxammadaziz.

“Televizion texnologiyalar” fakultetiga 10 yil!

Şu munosabat bilan uşbu fakultetda faoliyat yuritayotgan barça xodimlar va ustozlarimni muborakbod etaman! Sizlarga yengil bölmagan kasbingiz yölida, ijodiy zafarlar tilayman! Ega bölgan mavqeingiz bundanda yuqori bölsin! Barça boşlagan işlaringizda yutuqlar va omadlar tilayman! Men uşbu fakultetning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasida “Operatorlik” yönalişini (2012-2016 y.y.) muvaffaqiyatli bitirdim, bunda albatta ustozlarimning örni katta.  Hozirda bitirgan soham böyiça, yaʼni operator sifatida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, öqiş davrida olgan bilim va könikmalarni şu kasbim yölida işlatib kelmoqdaman. Barça ustozlarimga rahmat etaman! 

Ozodjon Roziqov.


Öz nomimdan hamda kursdoşlarim nomidan Muxammad Al-Xorazmiy  nomidagi  Toşkent  axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalari” fakultetini 10-yillik bayrami bilan tabriklab hamma ezgu tilaklarni tilayman.

Fakultet dekani Nuraliyev Faxriddin Murodillayevichga kelgusidan bundanda yuksak çöqqilarga kötarilişlarini çin qalbimdan tilayman.

Şu bilan birga uşbu fakultetning “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi professor-öqituvçilariga öz minaddorçiligimni bildiraman. Ularning bizga bergan bilimlari yordamida öz kasbimizning yetuk mutaxasislari darajasiga kötarilmoqdamiz. Buning asosida esa bizga bilim va hayotiy tajribalarini ulaşgan uztozlarimizga öz taşakkurimizni bildiraman. Menga öz bilimlarini bergan barça uztozlarimga rahmat, jumladan “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi mudiri Bazarbayev Botir Joldasovich, Marat Maxmudovich Saliyev, Alisher Isayevich Mamadaliyev, Askar Dadaxanovich Abduraximov, Isomiddin Parmankulov Pattayevich, Sherzod Tirkashaliyevich Xusanov, Oybek Narzullayev, Gulya Tashmuxammedova Xudayberdiyevna, Sattarova Shaxnoza Kamaldjanovna va braça barçangizga mingdan ming raxmat. Hudo xoxlasa biz talabalar fakultetning 20 yoki 30 yillik bayramlarida ham manaşunday tabriklarni aytiş nasibi röz aylasin.

Sizlarga tabrik va öz minaddorçiligini isxor qilib qoluvçi talabangiz «Televizion texnologiyalari” fakulteti “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi 2017 yil bitiruvçisi

Bobur Arislonov.

Bitiruvçilar

Sönggi yangilaniş: 06.11.2026 17:27