Bo‘lim boshlig‘i:
Xashimova Navruza Abitovna
Devonxona - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son Qarori, 2009-yil 28-avgustdagi 11-10-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi”, 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-60-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-61-son qarori hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining RH-45:221-2009 “Ish yuritish va hujjatlar ijrosining nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma” – rahbariy hujjat (OʻzAAA 29.12.2009y. 416-son buyruq) asosida oʻz ishini yuritadi.
Arxiv mudiri:
Nabieva Maktuba Karimbekovna
Universitetning idoraviy arxivi - Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni va 2012-yil 5-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 101-son qarori, 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-60-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-61-son qarori hamda boshqa tegishli meʼyoriy hujjatlarga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mavjud boʻlgan barcha arxiv hujjatlarining toʻliq qamrab olinishini taʼminlaydi hamda universitet arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolish va boshqa extiyojlarni maqsadida arxiv hujjatlarini butlash, hisobga olish, ekspertiza kilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilaydi.