DEBSEUz loyiha konsorsiumining navbatdagi onlayn yiğilişi bölib ötdi
2025-yil 12-sentabr kuni Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalaştirilgan DEBSEUz xalqaro loyihasi iştirokçilarining navbatdagi onlayn uçraşuvi bölib ötdi.
Samarali muhokama davomida Özbekiston va Yevropaning barça hamkor universitetlari vakillari işning asosiy yönalişlari böyiça keyingi harakatlarni muvofiqlaştirdilar. Yiğiliş iştirokçilari tomonidan oraliq natijalar sarhisob qilindi va barça iş paketlari, jumladan, loyiha kordinatsiyasi, yangi bakalavriat dasturlarini taşkil etiş va ularni akkreditatsiya qiliş, qisqa kurslarni işlab çiqiş, zamonaviy laboratoriya markazlarini yaratiş uçun asbob-uskunalar xarid qilişning holati, sifatni nazorat qiliş strategiyasi, şuningdek, natijalarni ommalaştiriş rejalari, şu jumladan Milliy konferensiya va keying uçraşuvga tayyorgarlik köriş böyiça işlarning borişini batafsil muhokama qilindi.

Bahs va munozaralarga boy uçraşuv davomida loyihaning samarali ötayotganligi, jumladan, laboratoriya qurilmalari xarid qilinganligi va Özbekistonga olib kelinganligi, 2025-2026 öquv yilida quyoş energetikasiga yönaltirilgan ta’lim yönalişlarining nafaqat hamkor Universitetlar, balki Respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalarida oçilganligi, treninglarning öz vaqtida amalga oşirib borilganligi hamda bir neçta fanlardan darsliklar va öquv kurslari tayyor bölganligi aniqlandi. Loyihaning şu kunga qadar belgilangan vazifalarining tölaqonli bajarilib kelinganligi loyiha kordinatori X.E.Xujamatov tomonidan alohida ta’kidlab ötadi.


Uçraşuv savol-javoblar bilan yakunlandi, unda hamkorlar keyingi hisobot davri uçun harakatlarini muvofiqlaştirib olişdi. Mazkur tadbir xalqaro konsorsiumning uzluksiz işlaşi va barça belgilangan maqsadlarga erişiş uçun loyihani rejalaştirilgan muddatda amalga oşiriş uçun muhim qadam böldi. Bu kabi uçraşuvlar DEBSEUz loyihasining samarali bajarilişiga va natijada esa Respublikamizda quyoş energetikasining rivojlanişiga albatta hissasini qöşadi.

