Bosh muhandis:
Karimov Umidjon Usmonjon o‘g‘li
Qabul vaqti: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon: (+99871)-238-64-66
E-mail: karimov@tuit.uz
Bosh muhandisning asosiy vazifalari
- Universitetning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
- Universitetning muhim ob’ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatasiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- Mavjud ob’ektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni echishda qatnashish;
- Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
- Bo‘ysunuvchi sho‘’balarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
- Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatasiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Universitetda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
- Universitetga tegishli mulkka zarar etkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.