
Kafedra mudiri:
Babomuradov Ozod Jo’rayevich
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi 2005 yilning 17 avgustida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 147/01 buyrug’iga asosan "Informatika va axborot texnologiyalari” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942 Qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti va uning mintaqaviy filiallarini tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 2013 yil 28 iyun 188-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Dasturiy ingininring fakulteti tashkil qilindi va Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi ushbu fakultet tarkibiga kiritildi.
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasiga 2005-2010 yillarda texnika fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi M.M.Kamilov, 2010-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor A.X.Nishanov, 2013-2016 yillarda fizika matematika fanlari nomzodi A.T.Rahmonov, Akbaraliyev B.B. rahbarlik qilgan.
2016 yil 1 aprelda t.f.d. Mingliqulov Zafar Bozorovich kafedra mudiri etib tayinlandi.
"Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” кafedrasi mutaxassislik kafedrlardan hisoblanib, soha uchun har yili malakali kadrlar, ya’ni 100 dan ortiq bakalavr va 12-15 nafar magistrlar, tayyorlab beradi. Kafedraning asosiy maqsadi: raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish uchun yetarlicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashdan iborat.
Bakalavriat
Dasturiy injiniring
Informatika va Axborot Texnologiyalari
Magistratura
Dasturlash injiniring
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Dasturlash tamoyillari
- Operatsion tizim va laboratoriya
- Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
- Linux operatsion tizimi
- Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar
- Dasturiy ta’minot arxitekturasi
- Operatsion tizim va tizimli dasturlash
- Dasturiy injiniringga kirish
- Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish
Magistratura:
- Ma’lumotlarni intellektual tahlili
- Korporativ ilovalar integratsiyasi
- Mobil hisoblashda dasturiy injiniring
- Dasturiy ta’minotlarni intensiv loyihalari uchun ehtimolli hollarni boshqarish
- Dasturlash jarayonlari tahlili
Kafedra professor o’qituvchilari
- Babomuradov Ozod Jorayevich – kafedra mudiri, t.f.d.
- Kamilov Mirzayan Mirzahmedovich – t.f.d., professor, akademik
- Nishanov Ahram Xasanovich – kafedra professori, t.f.d.
- Muhamediyeva Dilnoz Tulqunovna – kafedra professori, t.f.d.
- Babamuxamedova Maxbuba Zakirovna – kafedra dotsenti
- Arziqulov Sunnatilla Doniyarovich – katta o’qituvchi
- Khan Igor Viktorovich – katta o’qituvchi
- Abduraxmonova Nigora Nurmahamadovna – assistent
- Ro’ziboyev Ortiq Baxtiyorovich – assistent
- Egamberdiyev Nodir Abdunazarovich – assistent
- Kuchkorov Temur Ataxonovich – assistent
- Narziyev Nosir Baxshilloevich – assistent
- Mardiyev Ulug’bek Rasulovich – assistent
- Yuldashev Zafar Baxtiyarovich – assistent
- Doshanova Malika – assistent
- Abdrimov Qudrat Rahimberganovich – assistent
- Boboyev Lochin Baymuratovich – assistent
Shu bilan birga kafedra jamoasi o’z oldiga o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarini birgalikda olib borishni asosiy vazifalardan qilib qo’ygan.
ATDT kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
-
№: А5-051 "Videonazorat tizimida dinamik obyektlar videotasvirini qayta ishlash algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” 2015-2017
B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
-
Omborxona uchetini avtomatlashtirish bo’yicha axborot tizimini joriy qilish (xo’jalik shartnoma) 2015
B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
-
"Cancer-registr” axborot tizimini ishlab chiqish (xo’jalik shartnoma) 2013-2015
S.D.Arziqulov - Loyiha rahbari
-
№: А5-045 "Keng ko’lamga mo’ljallangan Virtual ta’lim tizimi” 2012-2014
B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
-
№: А5-019 "O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari ishonchliligini optimallashtirishning neyronoravshan usullari” 2012-2014
A.X.Nishanov - Loyiha rahbari
ATDT kafedrasi professor-o'qituvchilarining olib borayotgan ilmiy uslubiy ishlari
- M.Z.Babamuhamedova. "Operatsion tizimlar va laborotoriya” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
- M. Doshanova. "Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
- B.B.Akbaraliev. "Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
- N.A.Egamberdiyev, N.N. Abduraxmonova. "Dasturlash tamoyillari” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
- Q.R. Abdrimov. "Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
- M.Z.Babamuhamedova, Z.B. Yuldashev. "Operatsion tizim va laborotoriya”fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma (rus va o’zbek tilida)
- M.Z.Babamuhamedova, B.B.Akbaraliev. "330600-Dasturiy injiniring” yo’nalishi uchun bitiruv ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
- A.X.Nishanov "5А330601-Dasturiy injiniring” mutaxassisligi uchun malakaviy amaliyot uchun uslubiy ko’rsatma
- T.A.Kuchkorov, Q.R. Abdrimov. "Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
- S.D.Arziqulov, U.R.Mardiev. "Linux operatsion tizimi” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ro’yhati
- O.B.Ro’ziboev, O.T.Allamov, Sh.N.Saidrasulov - Dinamik ko’p parametrli grafda marshrutizatsiya masalalarini yechi dasturi//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1680, 10.01.2014 y.
- O.B.Ro’ziboev, N.A.Karaxanov,N.A.Egamberdiev,Z.B.Yuldashev, N.B.Narziev - Программа разделения объектов на классы с помощью алгоритма Шар Апполона//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1942, 10.07.2014y.
- A.X.Nishanov, B.B.Akbaraliev, B.S.Samandarov, I.V.Khan, O.B.Ro’ziboev - Программное обеспечение для анализа качества электронных ресурсов и мониторинга работы системы виртуального образования Moodle//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2173, 20.11.2014y.
- A.X.Nishanov, O.Q.Kho’jaev, D.I.Adamov, O.B.Ro’ziboev, O.T.Allamov - Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari ishini avtomatlashtirish va ma’lumotlar bazasini intellectual tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot//O’zR Intellektual Mulk agentligi. 10.12.2014. DGU 02901.
- R.V.Qabulov, O.B.Ro’ziboev - Программный комплекс для классификации и кластеризации интервальных данных//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2080, 04.09.2014y.
Kafedra hamkorlari
- Janubiy Korea universitetlari (KAIST, INHA, Seoul Tech, Seoul National University);
- Germaniya (Oldenburg universiteti, Software Engineering Group);
- TATU huzuridagi "Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar markazi”;
- O’zR XTV huzuridagi "Multimeda umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi”;
- "Artel” kompaniyasi;
- Yunusobod kompyuter texnologiyalari KHK;
- TATU qoshidagi 2-sonli AL.
Kafedraning horijda malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilari
- T.A.Kuchkarov – INHA universiteti (Janubiy Korea, 2014 yil)
- U.R.Mardiev – INHA universiteti (Janubiy Korea, 2014 yil)
- Z.B.Yuldashev – Seoul Tech. (Janubiy Korea, 2014 yil)
- B.B.Akbaraliev – Oldenburg universiteti (Software Engineering Group, Germaniya, 2014-2015)
- L.B.Boboev – Chun-Ang universiteti (Janubiy Korea, 2015 yil)
Kafedraning ilmiy yo’nalishi – Ma’lumotlarni intellektual tahlili
- Kafedrada har hafta muntazam ravishda katta ilmiy hodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy seminarlar o’tkazilib boriladi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan talabalar uchun dasturlash bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar ro’yhati
- Dasturlashga kirish (C, C++). To’garak rahbari: T.A.Kuchkarov.
- Web dasturlash (HTML, CSS, javascript, PHP, MySQL). To’garak rahbari: L.B.Boboev;
- C++ Builder. To’garak rahbari: Q.R.Abdrimov
Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy ish mavzulari
- Разработка алгоритмов и программное обеспечение обработки видеоизображений динамического объекта в системе видеонаблюденийO.A.Mamaraufov - katta-ilmiy-xodim-izlanuvchiSh.X.Fozilov - Ilmiy maslahatchi
- Davlat boshqaruv idoraviy interaktiv xizmatlari monitoringi milliy axborot tizimining matematik va dasturiy ta’minotiN.O.Raximov -katta-ilmiy-xodim-izlanuvchiM.S.Yakubov - Ilmiy maslahatchi
- Noravshan muhitlarda timsollarni aniqlashning evristik algoritmlari va modellariO.B.Ro‘ziboev - assistentA.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
- Dinamik tizimlarni adaptiv boshqarishmasalalarini neyroinformativ texnologiyalar yo’rdamida echishN.A.Egamberdiev - assistentA.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
- Geoaxborot modellashtirish asosida ekologik keskin vaziyatli xududlar uchun qaror qabul qilishga ko‘maklashish jarayonlarini intellektuallashtirish tizimiT.A.Kuchkarov - assistentR.N.Usmonov - Ilmiy maslahatchi
- Baholarni hisoblash algoritmlari asosida ma’lumotlarni kriptografik himoyalashning nazariy asoslarini yaratishU.R.Mardiev - assistentA.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
- Распознающие модели решения задачи урологии в интеллектуальном анализеZ.B.Yuldashev - assistentA.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
-
Intellektual noravshan muhitlarda informativ belgilar majmuasini tanlab olishning evristik nazariyasiL.B.Boboev - assistentA.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi