Software of Information Technologies

Kafedra mudiri:

Mingliqulov Zafar Bozorovich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (0 371)238-65-07

Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi 2005 yilning 17 avgustida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 147/01 buyrug’iga asosan "Informatika va axborot texnologiyalari” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942 Qarori va  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent axborot texnologiyalari unversiteti va uning mintaqaviy filiallarini tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 2013 yil 28 iyun 188-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Dasturiy ingininring fakulteti tashkil qilindi va Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasi ushbu fakultet tarkibiga kiritildi.

Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti кafedrasiga 2005-2010 yillarda texnika fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi M.M.Kamilov, 2010-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor A.X.Nishanov, 2013-2016 yillarda fizika matematika fanlari nomzodi A.T.Rahmonov, Akbaraliyev B.B. rahbarlik qilgan.

2016 yil 1 aprelda t.f.d. Mingliqulov Zafar Bozorovich kafedra mudiri etib tayinlandi.

"Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” кafedrasi mutaxassislik kafedrlardan hisoblanib, soha uchun har yili malakali kadrlar, ya’ni 100 dan ortiq bakalavr va 12-15 nafar magistrlar, tayyorlab beradi. Kafedraning asosiy maqsadi: raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish uchun yetarlicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashdan iborat.

Bakalavriat

5330600

Dasturiy injiniring

5330200

Informatika va Axborot Texnologiyalari

Magistratura

5330601

Dasturlash injiniring

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Dasturlash tamoyillari
  • Operatsion tizim va laboratoriya
  • Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
  • Linux operatsion tizimi
  • Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar
  • Dasturiy ta’minot arxitekturasi
  • Operatsion tizim va tizimli dasturlash
  • Dasturiy injiniringga kirish
  • Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish

Magistratura:

  • Ma’lumotlarni intellektual tahlili
  • Korporativ ilovalar integratsiyasi
  • Mobil hisoblashda dasturiy injiniring
  • Dasturiy ta’minotlarni intensiv loyihalari uchun ehtimolli hollarni boshqarish
  • Dasturlash jarayonlari tahlili

Kafedra professor o’qituvchilari

  • Mingliqulov Zafar Bozorovich – kafedra mudiri, t.f.d.
  • Kamilov Mirzayan Mirzahmedovich – t.f.d., professor, akademik
  • Nishanov Ahram Xasanovich – kafedra professori, t.f.d.
  • Muhamediyeva Dilnoz Tulqunovna – kafedra professori, t.f.d.
  • Babamuxamedova Maxbuba Zakirovna – kafedra dotsenti
  • Arziqulov Sunnatilla Doniyarovich – katta o’qituvchi
  • Khan Igor Viktorovich – katta o’qituvchi
  • Qayumova Muhabbat – katta o’qituvchi
  • Abduraxmonova Nigora Nurmahamadovna – assistent
  • Ro’ziboyev Ortiq Baxtiyorovich – assistent
  • Egamberdiyev Nodir Abdunazarovich – assistent
  • Kuchkorov Temur Ataxonovich – assistent
  • Narziyev Nosir Baxshilloevich – assistent
  • Mardiyev Ulug’bek Rasulovich – assistent
  • Yuldashev Zafar Baxtiyarovich – assistent
  • Doshanova Malika – assistent
  • Abdrimov Qudrat Rahimberganovich – assistent
  • Boboyev Lochin Baymuratovich – assistent

Shu bilan birga kafedra jamoasi o’z oldiga o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarini birgalikda olib borishni asosiy vazifalardan qilib qo’ygan.

ATDT kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar

  • №: А5-051 "Videonazorat tizimida dinamik obyektlar videotasvirini qayta ishlash algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” 2015-2017
    B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
  • Omborxona uchetini avtomatlashtirish bo’yicha axborot tizimini joriy qilish (xo’jalik shartnoma) 2015
    B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
  • "Cancer-registr” axborot tizimini ishlab chiqish (xo’jalik shartnoma) 2013-2015
    S.D.Arziqulov - Loyiha rahbari
  • №: А5-045 "Keng ko’lamga mo’ljallangan Virtual ta’lim tizimi” 2012-2014
    B.B.Akbaraliyev - Loyiha rahbari
  • №: А5-019 "O’zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari ishonchliligini optimallashtirishning neyronoravshan usullari” 2012-2014
    A.X.Nishanov - Loyiha rahbari

ATDT kafedrasi professor-o'qituvchilarining olib borayotgan ilmiy uslubiy ishlari

  • M.Z.Babamuhamedova. "Operatsion tizimlar va laborotoriya” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
  • M. Doshanova. "Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
  • B.B.Akbaraliev. "Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish” fani bo’yicha o’quv qo’llanma
  • N.A.Egamberdiyev, N.N. Abduraxmonova. "Dasturlash tamoyillari” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • Q.R. Abdrimov. "Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • M.Z.Babamuhamedova, Z.B. Yuldashev. "Operatsion tizim va laborotoriya”fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma (rus va o’zbek tilida)
  • M.Z.Babamuhamedova, B.B.Akbaraliev. "330600-Dasturiy injiniring” yo’nalishi uchun bitiruv ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • A.X.Nishanov "5А330601-Dasturiy injiniring” mutaxassisligi uchun malakaviy amaliyot uchun uslubiy ko’rsatma
  • T.A.Kuchkorov, Q.R. Abdrimov. "Mobil qurilmalar uchun dasturiy vositalar” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • S.D.Arziqulov, U.R.Mardiev. "Linux operatsion tizimi” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

Kafedra professor-o’qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ro’yhati

  • O.B.Ro’ziboev, O.T.Allamov, Sh.N.Saidrasulov - Dinamik ko’p parametrli grafda marshrutizatsiya masalalarini yechi dasturi//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1680, 10.01.2014 y.
  • O.B.Ro’ziboev, N.A.Karaxanov,N.A.Egamberdiev,Z.B.Yuldashev, N.B.Narziev - Программа разделения объектов на классы с помощью алгоритма Шар Апполона//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma №1942, 10.07.2014y.
  • A.X.Nishanov, B.B.Akbaraliev, B.S.Samandarov, I.V.Khan, O.B.Ro’ziboev - Программное обеспечение для анализа качества электронных ресурсов и мониторинга работы системы виртуального образования Moodle//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2173, 20.11.2014y.
  • A.X.Nishanov, O.Q.Kho’jaev, D.I.Adamov, O.B.Ro’ziboev, O.T.Allamov - Fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlari ishini avtomatlashtirish va ma’lumotlar bazasini intellectual tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot//O’zR Intellektual Mulk agentligi. 10.12.2014. DGU 02901.
  • R.V.Qabulov, O.B.Ro’ziboev - Программный комплекс для классификации и кластеризации интервальных данных//O’zR "AVTOR.UZ” electron depozitoriyasi, Guvohnoma№2080, 04.09.2014y.

Kafedra hamkorlari

  • Janubiy Korea universitetlari (KAIST, INHA, Seoul Tech, Seoul National University);
  • Germaniya (Oldenburg universiteti, Software Engineering Group);
  • TATU huzuridagi "Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar markazi”;
  • O’zR XTV huzuridagi "Multimeda umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi”;
  • "Artel” kompaniyasi;
  • Yunusobod kompyuter texnologiyalari KHK;
  • TATU qoshidagi 2-sonli AL.

Kafedraning horijda malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilari

  • T.A.Kuchkarov – INHA universiteti (Janubiy Korea, 2014 yil)
  • U.R.Mardiev – INHA universiteti (Janubiy Korea, 2014 yil)
  • Z.B.Yuldashev – Seoul Tech. (Janubiy Korea, 2014 yil)
  • B.B.Akbaraliev – Oldenburg universiteti (Software Engineering Group, Germaniya, 2014-2015)
  • L.B.Boboev – Chun-Ang universiteti (Janubiy Korea, 2015 yil)

Kafedraning ilmiy yo’nalishi – Ma’lumotlarni intellektual tahlili

  • Kafedrada har hafta muntazam ravishda katta ilmiy hodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy seminarlar o’tkazilib boriladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan talabalar uchun dasturlash bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar ro’yhati

  • Dasturlashga kirish (C, C++). To’garak rahbari: T.A.Kuchkarov.
  • Web dasturlash (HTML, CSS, javascript, PHP, MySQL). To’garak rahbari: L.B.Boboev;
  • C++ Builder. To’garak rahbari: Q.R.Abdrimov

Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy ish mavzulari

  • Разработка алгоритмов и программное обеспечение обработки видеоизображений динамического объекта в системе видеонаблюдений
    O.A.Mamaraufov - katta-ilmiy-xodim-izlanuvchi
    Sh.X.Fozilov - Ilmiy maslahatchi
  • Davlat boshqaruv idoraviy interaktiv xizmatlari monitoringi milliy axborot tizimining matematik va dasturiy ta’minoti
    N.O.Raximov -katta-ilmiy-xodim-izlanuvchi
    M.S.Yakubov - Ilmiy maslahatchi
  • Noravshan muhitlarda timsollarni aniqlashning evristik algoritmlari  va modellari
    O.B.Ro‘ziboev - assistent
    A.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
  • Dinamik tizimlarni adaptiv boshqarishmasalalarini neyroinformativ texnologiyalar yo’rdamida echish
    N.A.Egamberdiev - assistent
    A.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
  • Geoaxborot modellashtirish asosida ekologik keskin vaziyatli xududlar uchun qaror qabul qilishga ko‘maklashish jarayonlarini intellektuallashtirish tizimi
    T.A.Kuchkarov - assistent
    R.N.Usmonov - Ilmiy maslahatchi
  • Baholarni hisoblash algoritmlari asosida ma’lumotlarni kriptografik himoyalashning nazariy asoslarini yaratish
    U.R.Mardiev - assistent
    A.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
  • Распознающие модели решения задачи урологии в интеллектуальном анализе
    Z.B.Yuldashev - assistent
    A.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi
  • Intellektual noravshan muhitlarda informativ belgilar majmuasini tanlab olishning evristik nazariyasi
    L.B.Boboev - assistent
    A.X.Nishanov - Ilmiy maslahatchi