ALIYEV FIRDAVS ALIMOVICH

  • Asosiy
  • ALIYEV FIRDAVS ALIMOVICH

1981-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr bosqichini bitirgan. 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining magistratura bosqichini tugatgan. 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

 

MEHNAT FAOLIYATI

  • 2006-2009-yy. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Shaharlararo aloqa korxonasi” filiali Avariya tiklash ishlarini nazorat qilish va monitoring xizmati yetakchi muhandisi;
  • 2009-2010-yy. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Sarmoyalar va qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
  • 2010-2019-yy. “TELECOM INNOVATIONS” qo‘shma korxonasi Bosh direktori;
  • 2019-2022-yy. “UzDigital TV” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori;
  • 2022-y.-h.v. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
So‘nggi yangilanish: 25.02.2026 13:15