Zakirov Olimjon Asrarovich 1984 yil 4 avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Radiotexnika va radioeshittirish” yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchisi.
Buyuk Britaniya, Bornmut universitetining Masters in Information Systems Management yoʻnalishi boʻyicha magistri.
2022 yildan hozirgi vaqtga qadar UZCARD, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Toʻlov tizimida Bosh direktor.
2021 yildan 2022 yilgacha UZCARD, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Toʻlov tizimida bosh direktorning fintex boʻyicha oʻrinbosari.
2022 yil – “UZUM TECHNOLOGIES” – Loyihalar rahbari.
2021 yil – “ATTO” MChJ – Bosh direktor oʻrinbosari.
2019 yildan 2021 yilgacha UZCARD, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Toʻlov tizimida rahbarlik lavozimlarini egallagan.
2017 yildan 2018 yilgacha Sola, “Asia Wireless Group” MChD Tijorat direktori boʻlib ishlagan.