Xorijiy malaka oshirish va ta'lim

  • Asosiy
  • Xorijiy malaka oshirish va ta'lim


- 2016-2018 yilda Janubiy Koreyaning universitetlariga jami 43 nafar professor-o‘qituvchilar 4 oy muddatga malaka oshirishga yuborildi.

- 2017 yilda Yaponiyaga 1 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirishga 4 oy muddatga yuborildi.

- 2017 yil 3 oy muddatga Xitoydagi Chunsin pochta va telekommunikatsiyalar universitiga 1 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirish kursida ishtirok etishga yuborildi.

- 2018 yil universitetning 24 nafar professor-o‘qituvchilarini Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetiga 2 xaftalik malaka oshirishga yuborildi.

- 2018 yil Universitetning 2 nafar professor-o‘qituvchilari J.Koreyaning Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot institutiga AKT sohasida bilimlar almashinuv dasturi bo‘yicha 2 oyga stajirovkaga yuborildi.

- 2018 yil Universitetning 3 nafar professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasi Shenchjen shahrida tashkil etilgan «Osiyo va Yevropa davlatlari oliy ta’lim muassasalarida AKT ni joriy qilish - 2018» mavzusidagi 3 haftalik treningda ishtirok etdi.

- 2018 yil 1 oy muddatga Xitoydagi Chunsin pochta va telekommunikatsiyalar universitiga 1 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirish kursida ishtirok etishga yuborildi.

- 2018 yil universitetning 5 nafar iqtidorli magistrantlarini 2018 yil 1 sentabrdan boshlab 10 oylik muddatga Koreya ilg‘or fan va texnologiyalar instituti (KAIST) da turli mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirishga yuborilmoqda.

2018 yil universitetning 4 nafar professor-o‘qituvchilari Koreya media va sana’t universitetiga 2 haftalik malaka oshirish kursida ishtirok etishga yuborilmoqda.

- 2018 yil universitetning 1 nafar professor-o‘qituvchisi Koreya ma’lumotlar agentligiga 1 haftaga stajirovkaga yuborildi. 

-  2016-2018 yilda 11 nafar talaba bakalavrga, 6 nafar talaba magistraturaga, 4 nafar doktoranturaga tahsil olish uchun yuborildi.

-   2017 yil universitetning 10 nafar talabalari va 1 nafar professor-o‘qituvchisi Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga qishki maktabda qatnashish uchun yuborildi.

-  2017-2018 yillarda “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak nihollari” dasturida ishtirok etish uchun 19 nafar talaba va 1 nafar professor-o‘qituvchi kompaniyaning Xitoyda joylashgan qarorgohi va o‘quv markaziga malaka oshirishga yuborildi.