Sirtqi (maxsus sirtqi) bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Ibrohimov Bahrom Sobirjonovich

Qabul vaqti:Seshanba-Juma ( 15:00-17:00 gacha)
Telefon: (0 371) 238-65-92

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi haqida ma’lumot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi 2018-2019 o’quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar  tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  21 noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to’grisidagi Nizom” ga asosan faoliyat yurutmoqda.

Oliy ta`lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, universitetimizda sirtqi (maxsus sirtqi) ta`lim O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shakllarida olib borilmoqda.

Hozirgi kunda universitetning sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limida quyidagi yo’nalishlarda 700 nafardan ziyod talabalar tahsil olishmoqda:

Ta’limning sirtqi shaklida:

  • 5330300 – Axborot xavfsizligi;
  • 5330501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”);
  • 5330502 – Kompyuter injiniringi (“AT - servis”);
  • 5330503 – Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”);
  • 5350101 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”);
  • 5350102 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”);
  • 5350103 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”);
  • 5350600 – Kutubxona-axborot faoliyati.

Ta’limning maxsus sirtqi shaklida:

  • 5330500 – Kompyuter injiniringi;
  • 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi;
  • 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”);

Ta’limning ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shaklida:

  • 5350300 – AKT sohasida iqtisodiyot va menejment ;
  • 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, Multimedia texnologiyalari);
  • 5330300 – Axborot xavfsizligi;
  • 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, (“Teleradioeshittirish”, (“Mobil tizimlar”);
  • 5330600 – Dasturiy injiniring;
  • 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik;
  • 5350200 – Televizion texnologiyalar  (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”);

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limga o’qishga qabul qilish:

Universitet sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limiga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o’qishga qabul qilish to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

- Sirtqi shaklga - umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma`lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

- Maxsus sirtqi shaklga - faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga va ta`lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

- Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shakliga - oliy ma`lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta`lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma`lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limda o’qish muddatlari:

  • Sirtqi shaklda - kamida 5 yil;
  • Maxsus sirtqi shaklda - kamida 3 yil;
  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim negizidagi sirtqi shaklda - kamida 3 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat`i nazar, bakalavriat ta`lim yo‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi talabalari uchun 2018-2019 o’quv yilining 1-semestrida o’qish muddatlari:

  • Sirtqi shaklda ta’lim olayotgan 1-bosqich talabalari uchun 2018 yil 12 noyabrdan 7 dekabrga qadar;
  • Maxsus sirtqi shaklda ta’lim olayotgan 1-bosqich talabalari uchun 2018 yil 15 oktyabrdan 10 noyabrga qadar;
  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shaklida ta’lim olayotgan 2-bosqich (2018-2019 o’quv yilida qabul qilinganlar) talabalari uchun 2018 yil 15 oktyabrdan 10 noyabrga qadar;
  • Maxsus sirtqi shaklda ta’lim olayotgan 2-bosqich talabalari uchun 2018 yil 3 dekabrdan 29 dekabrga qadar;
  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shaklida ta’lim olayotgan 3-bosqich (2017-2018 o’quv yilida qabul qilinganlar) talabalari uchun 2018 yil 3 dekabrdan 29 dekabrga qadar;
  • Maxsus sirtqi shaklda ta’lim olayotgan 3-bosqich talabalari uchun 2018 yil 14 yanvardan 2 fevralga qadar;

*Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi yangiliklari bo’limning Telegramdagi kanali: @tuit_sirtqi_online orqali berib boriladi.