TATU hamda Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

  • Asosiy
  • TATU hamda Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Korea Elektronikalar Texnologiya Instituti (KETI) vakillari tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad – TATU hamda KETI o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’lib, uchrashuvda ham universitetlar o’rtasida ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha fikr almashildi.


Uchrashuv chog’ida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik doirasida kelajakdag haydovchisiz boshqariluvchi avtomobillar – “Autonomus driving car” V2X texnologiyasini rivojlantirish bo’yicha kelishib olindi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, Korea Elektronika Texnologiyalari Instituti Janubiy Koreaning 5 ta shahrida o’z filiallariga ega bo’lib, “Axborot va aloqa”, “Mexanika va rabototexnika”, “Suniy intillekt”, “Aqlli shahar”, “3D printer”, “Biotexnologiya”, “Qishloq xo’jaligiga AKTni joriy qilish” yo’nalishlari bo’yicha jahonning turli nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.

TATU matbuot xizmati