Keio Universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Avval xabar qilganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi J.Abdujalilov Yaponiyaning bir qancha ilgʼor universitetlari bilan oʼzaro hamkorliklar borasida uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.

TATU delegatsiyasi uchrashuv davomida Keio universitetining professorlari Kan Suzuki, Jun Murai, Masahito Kawamori bilan uchrashib, Keio universitetining fan va texnologiyalar fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishib oldi.


Kelishuvga ko'ra, Keio universiteti professorlari TATU da amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar bilan yaqndan tanishish va hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarni amalga oshirish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi.

TATU matbuot xizmati