“Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future 2019”dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslari uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

  • Asosiy
  • “Huawei” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “Seeds for the Future 2019”dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslari uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi

Huawei kompaniyasi joriy yilning 1-aprelidan boshlab O'zbekistonda “Seeds for the Future 2019” dasturi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslari uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini e'lon qilmoda

Ushbu dasturda TATUning 2-, 3-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. 

Arizalar topshirish muddati 15-aprelga qadar. 

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • CV;
  • O'zingiz haqingizda videorolik (ingliz tilida, CD da yozilgan);
  • Esse (nega dasturda ishtirok etishni xohlaysiz(ingliz tilida));   
  • Reyting daftarchasi nusxasi;
  • Maqtov yoriliqlar, turli sertifikatlar, o'zingiz erishgan yutuqlar hujjatlari.

Tanlovning birinchi bosqichidan o'tgan talabalar Huawei vakillari bilan suhbatga taklif qilinadi. Suhbat ingliz tilida olib boriladi. Suhbat natijalariga ko'ra, eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalar 2019-yilning iyun oyi boshida Xitoyga tashrif buyurishlari mumkin.         

Dastur haqida batafsil ma'lumotni TATUning "A bloki", 232-xona, xalqaro bo'limidan olishingiz mumkin. 

TATU matbuot xizmati