TATU talabalari “Orolga Yordam” (HelptoAral) loyihasida ishtirok etishdi

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Orolga Yordam” (HelptoAral) loyihasida ishtirok etishdi

16-22 mart kunlari Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida “Orolga Yordam” (HelptoAral) loyihasi boʻlib oʻtdi.

AQSHning “The World Aral Region Charity” nodavlat notijorat tashkiloti, “Moʻjizalar Davri” tashabbuskor yoshlar guruhi, Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik Partiyasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari tashkilotchilari hisoblanib, loyihaning maqsadi - Amerika hamda Oʻzbekistonlik yoshlar birgalikda Orol dengizi hududida istiqomat qiluvchi insonlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, Orolboʻyi hududi yoshlarining ekologik taʼlimini rivojlantirish hisoblanadi.


Loyiha davomida Xorazm viloyatining uchta tumanida (Bogʻot, Shovot, Yangiariq ) soatiga 500 litr suvni tozalovchi maxsus filtrlar oʻrnatildi, Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi 2-sonli maktab hamda Xorazm viloyating yuqorida koʻrsatilgan maktab oʻquvchilari uchun ekologik treninglar, master-klasslar, atrof-muhitni asrash boʻyicha interaktiv oʻyinlar oʻtkazildi. Qolaversa, har bir maktab hududida hasharlar tashkil etildi va 500 dan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.


“Orolga Yordam” loyihasining kelajakdagi rejalari chet el talabalari yurtimiz yoshlari bilan hamkorlikda, Orolboʻyi hududida yashovchi insonlar hayot darajasini yaxshilash uchun kompleks yechimlar ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etishdir.

TATU matbuot xizmati