Beihang universiteti professorlari bilan master-klass tashkil etildi

  • Asosiy
  • Beihang universiteti professorlari bilan master-klass tashkil etildi

19-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Beihang universiteti professorlari hamkorligida sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya tizimlari va sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari boʻyicha master-klass boʻlib oʻtdi. Master-klass BDS/GNSS (BeiDou Navigation Satellite System / Global Navigation Satellite Systems) texnologiyalarining zamonaviy holati va rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro taʼlim  hamda BDS boʻyicha tayyorlash masalalari mavzularini qamrab oldi.

Master-klassda Universitetimiz  hamda Toshkent davlat texnika universitetining professor-oʻqituvchilari, TATU qoshidagi Pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi tinglovchilari, talabalar hamda magistrantlar ishtirok etishdi.

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, TATU tomonidan kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yangi magistratura mutaxassisligi ochish rejalashtirilmoqda. Beihang universiteti  aynan sunʼiy yoʻldosh aloqasi, navigatsion tizimlar, masofadan boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha yangiliklarni tadqiq etish bilan shugʻullanadi va ushbu oliygoh dunyo universitetlari reytingida 491 o'rinda turadi (2018 QS).