Beihang universiteti professorlari bilan master-klass tashkil etildi (2-kun)

  • Asosiy
  • Beihang universiteti professorlari bilan master-klass tashkil etildi (2-kun)

20-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Beihang universiteti professorlari hamkorligida sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya tizimlari va sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari boʻyicha master-klassning 2-kuni boʻlib oʻtdi.

Master-klass BDS/GNSS (BeiDou Navigation Satellite System / Global Navigation Satellite Systems) texnologiyalarining zamonaviy holati va rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro taʼlim hamda BDS boʻyicha tayyorlash masalalari mavzularini qamrab oldi hamda ikkinchi kun asosan BDS texnologiyalarni ishlab chiqishdagi kerakli savollarga javob berildi.


Master-klassda Universitetimiz hamda Toshkent davlat texnika universitetining professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etishdi.