Muharrirlik nashr bo‘limi

  • Asosiy
  • Muharrirlik nashr bo‘limi

Nashriyot direktori:

Xolmuhamedov Maqsud Mahmudovich

Telefon: (8 371) 238-64-99

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Aloqachi» nashriyoti haqida ma’lumot

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’sischi bo‘lgan «Aloqachi» nashriyot-matbaa Markazi dastlab o‘z faoliyatini universitet talab-ehtiyojlari uchun bosma mahsulotlari tayyorlab berishdan boshlagan bo‘lsa, 2005 yilda markaz qoshida «Aloqachi» nashriyoti tashkil etildi.

Hozirgi kunda u respublikada fan, ilmiy-texnika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha adabiyotlar nashr etishga ixtisoslashtirilgan nashriyot va bosmaxona sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy ish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2010 yil 11 iyunda berilgan A1 №176-sonli litsenziyaga asosan oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlar, akademik litseylar uchun darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, lug‘atlar, ilmiy-texnik, informatsion texnologiyalar, ko‘rgazmali materiallar nashr etishdir.

Nashriyot va bosmaxona jamoalarida xodimlarni ishga qabul qilish tanlov asosida shakllantirilgan bo‘lib, bugungi kunda nashryotda fan-texnika, iqtisodiyot, axborot-texnologiyalari va ilmiy-texnik sohalaridagi adabiyotlarni sifatli va mazmunli tahrirdan chiqarishga ixtisoslashgan muharrir va musahhihlar mehnat qilishmoqda.

«Aloqachi» nashriyoti respublikada o‘z bosmaxonasiga ega bo‘lgan nashryotlardan biridir.

O‘z faoliyati davomida nashriyot va bosmaxona O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi», «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi» bilan hamkorlikda ish yuritayapti.

Shuningdek, boshqa nashryotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ham buyurtmalarini qabul qilmoqda va ularni sifatli bajarib kelmoqda.

«Aloqachi» nashriyot-matbaa Markazining yuridik manzili: 100000, Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 108-uy.