Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot kotibi:
Kamolov Nodirjon Ma’murjon o‘g‘li
Qabul vaqti: Seshanba, payshanba kunlari 10:00 - 18:00
E-mail: matbuot@tuit.uz
TATU matbuot kotibi lavozim vazifalari:
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda TATU rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakillantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
- keng jamoatchilikni TATU faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy xujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
- ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakillantirish, axborot xabarlarini tarqatish, TATUda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
- TATUning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab boorish;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda TATU tarkibidagi bo‘linmalardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot tahliliy materiallar tayyorlash;
- TATU faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida TATU rektoriga axborot berish;
- TATUning faoliyat sohasida aloqador matinli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankining shakillantirish va yuritish.