Magistratura bo‘limi

  • Asosiy
  • Magistratura bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:

Redjepov Shavkat Baxtiyarovich

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (15:00-17:00)
Telefon: (+99871) 238-65-12

Magistratura bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot:

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda 1997 yil 29 avgustda ta’lim yo‘nalishini dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlariga ko‘ra, 1999 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasidagi bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi magistratura bo‘limlari ochilib, magistrlar tayyorlana boshlandi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)da 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alohida bo‘lim sifatida shakllantirilib, magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida faoliyat yuritmoqda.

Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari

  1. Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
  2. Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
  3. Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
  4. O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
  5. Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
  6. Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
  7. Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
  8. Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
  9. Magistratura talabalarinng ilmiy amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini mutaxassislik kafеdralari  bilan birgalikda ishlab chiqish.
  10. Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
  11. Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
  12. Magistraturada taxsil olayotgan iqtidorli talabalarni Davlat stipеdiatlikga tavsiya etish.
  13. Univеrsitеtni xalqaro bo‘limi bilan Xorijiy oliy ta’lim muassasalarigi almashuv dasturlariga asosan stajirovkalarga yuborishni tashkil qilish.

Manzil:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108

TATU 343 (C blok) xona

Telefon: (0 371) 238-65-12