ILMIY TADQIQOT VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI MARKAZI

  • Asosiy
  • ILMIY TADQIQOT VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI MARKAZI

Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi boshlig‘i:

Berdanov Ulug‘bek Abdumurodovich

Qabul vaqti: Dushаnbаdаn - Jumаgаchа (9-00 - 18-00 gacha)
Telefon: (+99871) 238-64-55

Markaz o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradi:

  1. Fundamental, amaliy, innovatsion va startap ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etish (professor-o‘qituvchilar e’tiboriga yetkazish, tashabbuskor loyihalarni saralash), reja tuzish va amalga oshirish. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot loyihalarni sonini oshirish, ularda yosh olimlarning ishtirokini kengaytirish va ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal qilish.
  2. Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni yuritish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy hujjatlarni (safar bilan bog‘liq, kadrlarni loyihalarga, vaqtinchalik ijodiy guruhlarga taklif etilgan xodimlarni ishga olish va bo‘shatish) rasmiylashtirish, loyihalar smetalarini amaldagi tartiblar bo‘yicha tuzish va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish, loyihalar bo‘yicha hisobotlar monitoringini yuritish.
  3. Iqtidorli yoshlar o‘rtasida startap va innovatsion loyihalar tanlovini tashkil etish, talabalarning o‘ziga xos ilmiy-texnik g‘oyalarni hayotga tatbiq etuvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish.
  4. Universitetning ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.
  5. Respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkillashtirish.

Manzil:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108

TATU (E blok) 

Telefon: (0 371) 238 64 39