Universitet tibbiyot bo‘limi

  • Asosiy
  • Universitet tibbiyot bo‘limi

Universitet tibbiyot bo‘limi

Universitet tibbiyot bo‘limi talabalar, professor o‘qituvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish va meditsina xizmatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tibbiyot markazida, tibbiy birlashmalarda har yili o‘z malakalarini oshirib, bemorlarga yordam ko‘rsatadilar.


Manzil: Toshkent shaxar, Amir Temur ko‘chasi, 108A uy, 1-qavat.

 

 

56-oilaviy poliklinika:

56- oilaviy poliklinika  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining  asosiy meditsina xizmatlarini ko‘rsatadigan tibbiyot birlashmasi hisoblanadi. 56-oilaviy poliklinika Universitet  talabalari, professor o‘qituvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish  va  meditsina xizmatlarini ko‘rsatadi. 

Poliklinikada klinik-biokimyoviy, bakteriologik laboratoriyalarda, shuningdek, inson virusli kasalliklarining noyob laboratoriyasida laborator-diagnostika usullarini qo‘llab turli tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashgan yordam ko‘rsatiladi.

Poliklinika rentgenologik, funksional, ultratovush va boshqa tekshiruvlarini o‘tkazish uchun zamonaviy diagnostika uskunalari va uskunalari bilan jihozlangan. Poliklinika shifokorlari va  tibbiy xodimlari  maslahat, davolash, tahlil olish testlarini o‘tkazadilar.

Ayni paytda poliklinika zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan davolash-profilaktika muassasasidir, unda o‘z ishiga bag‘ishlangan yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi.

 

Manzil: Toshkent shaxar, Yunusobod tumani, 2-tor, Qozitarnov ko‘chasi, 9.