1982 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
Ma’lumoti oliy: 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (bakalavr) 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (magistratura) “menejment va tarmoqlar iqtisodiyoti” fakultetini tamomlagan.
2004 yildan boshlab ish faoliyatini “Oʻzbektelekom” AK “Shaharlararo aloqa korxonasi” filiali muhandisi lavozimidan boshlagan.
Mehnat faoliyati davomida:
- 2007-2009 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti aspiranti;
- 2010-2011 yy. - “Oʻzbektelekom” AK Buxgalteriya yetakchi mutaxassisi;
- 2011-2017 yy. - “Oʻzbektelekom” AK “Billing Telekom” filiali bosh buxgalteri;
- 2017-2018 yy. - “Oʻzbektelekom” AK bosh buxgalteri;
- 2019-2020 yy. - "O‘zbektelekom" AK moliya direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi;
- 2020 yil mart oyidan boshlab "O‘zbektelekom" AK Bosh direktorning moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.