Toshkent Botanika bogʻida sayyor dars tashkil etildi

  • Asosiy
  • Toshkent Botanika bogʻida sayyor dars tashkil etildi

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2024-yilning 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb eʼlon qilindi. Ushbu yil dasturida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, koʻkalamzor hududlarni keskin koʻpaytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi taʼkidlandi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda oliygohlarda ham “Yashil universitet”, “Yashil institut” loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024yil 05-dekabr kuni Kompyuter injiniring fakulteti ELY401 (214-22) Kii guruhi talabalari uchun “Ekologiya” fanidan ma’ruza darsi Akademik F. N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻida sayyor dars shaklida tashkil etildi. Mazkur sayyor dars mashg‘uloti uchun talaba-yoshlar orasida ekologiyaga, atrof muhitga bo‘lgan munosabatini mustahkamlash nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini anglash lozimligi maqsad qilib olindi.


Kafedraning katta o‘qituvchisi G.A.Saidova dars jarayonida talabalarni dastlab Botanika bog‘iga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi:
Akademik Fyodor Nikolayevich Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻi nafaqat shahardagi, balki mamlakatimizdagi eng yirik bogʻlardan biridir. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik genofondi institutining tarkibiy bo‘linmasiga tegishli. Bogʻ hududining bir qismini mashhur Toshkent hayvonot bogʻi egallaydi. Toshkent botanika bogʻida Markaziy Osiyo oʻsimliklari, Yevropa florasi, Kavkaz togʻlari, shuningdek, Xitoy va Shimoliy Amerika oʻsimliklari issiqxonalar, issiqxonalar va ochiq maydonlarda namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, ekspozitsiyada dorivor oʻsimliklar, mevali daraxt va butalarning manzarali navlari oʻrin olgan. Bu yerda tropik va subtropik iqlim zonalarida oʻsish bilan ajralib turadigan gullar: papaya, ulkan furkreya, mullenbekiya, non daraxti, kofe daraxti va mirt goʻzallik va salomatlik bilan ajralib turadi. Dars jarayoni savol-javoblar bilan yakunlandi.
Talabalar tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘lgan holda, sayyor dars mashg‘ulotidan ulkan taasurotlar bilan qaytishdi.