MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TALABALAR UCHUN SO‘ROVNOMA
Hurmatli talaba!
Sizning fikringiz oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirish, barcha jihatdan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash uchun biz uchun juda muhimdir. Shuning uchun sizdan so‘rovnoma savollariga javob berishingizni so‘raymiz. Har bir savolda o‘zingiz tanlagan javobni belgilang va kerakli joylarda javobingizni yozing. So‘rovnoma maxfiydir, ismingizni ko‘rsatish shart emas. Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan shaklda ko‘rib chiqiladi va oliy ta’lim muassasasi professorlarining ilmiy-pedagogik va ma’naviy-tarbiyaviy darajasini oshirishga yordam beradi. Oldindan samimiy va rostgo‘y javoblaringiz uchun rahmat!
1. O‘qituvchilaringizning dars berishidan qoniqasizmi?
a. Ha, qoniqarli
b. Qisman qoniqarli
c. Yo‘q, qoniqarsiz
2. Ayting-chi, qaysi o‘qituvchilar qaysi fanlarni qiziqarli o‘tadi?
a. Har bir o‘qituvchi darsni qiziqarli qiladi
b. Ba’zi o‘qituvchilar qiziqarli
c. Fan qiziqarsiz
d. O‘qituvchi qiziqarsiz
e. Hammasi qiziqarsiz
3. Ushbu universitet professor va o‘qituvchilarining umumiy bilim darajasini qanday baholaysiz?
a. A’lo
b. O‘rtacha
c. Qoniqarsiz
4. Barcha semestrlardagi o‘quv yuki taqsimoti o‘qishni standart muddatda yakunlashga imkon bera oladimi?
a. Yo‘q
b. Ha
c. Javob berishga qiynalaman
5. Siz tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasida “O‘qituvchi va talaba” tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
a. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
b. Yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan
c. Kordinatorni hali ko‘rmaganman
d. Bu haqda fikr bildira olmayman
6. Axborot-resurs markazida barcha fanlar bo‘yicha kerakli darsliklar yetarli va mavjudmi?
a. Yetarli
b. Qisman yetarli
c. Umuman yetarli emas
7. Siz tahsil olayotgan o‘quv muassasasida laboratoriya mashg‘ulotlari holati qanday?
a. Ijobiy
b. Salbiy
c. Qisman
8. O‘quv muassasasidagi sinf xonalari AKT, multimedia va ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq jihozlanganmi?
a. To‘liq jihozlangan
b. Qisman jihozlangan
c. To‘liq jihozlangan
9. Oliy ta’lim muassasangizning sport majmuasida sport bilan shug‘ulanasizmi? Va qanday turdagi?
a. Futbol
b. Voleybol
c. Tennis
d. Basketbol
e. Shaxmat
10. Siz ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida sizga nisbatan tajovuz, shaxsiy aloqa yoki ta’qib holatlari bo‘lganmi? Agar shunday bo‘lsa, kim tomonidan va qanday vaziyat edi?
a. Ha
b. Yo‘q
11. O‘qituvchilar talabalarning bilimlarini adolatli baholaydilarmi?
a. Ha, adolatli baholaydi
b. Ba’zilari kamsitishga yo‘l qo‘yadi
c. Ko‘pchilik adolatsiz baholaydi
d. Men guvoh bo‘lmaganman
12. Siz ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun qanday takliflaringiz bor?
a. O‘qituvchilar malakasini oshirish yoki yangi malakali o‘qituvchilar dars berishi kerak
b. O‘qituvchilarning dars berish uslubiga e’tibor berish zarur
c. Ko‘proq ixtisoslashgan fanlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi kerak