Tarjimai holi
Rahimov Bobur Kamolovich 1992 yilda Samarqand shahrida tugʼilgan.
2010-2014 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida oʼqigan va kompyuter muhandisligi bakalavr darajasiga ega boʼlgan. 2014-2016 yillarda shu universitetda kompyuter muhandisligi boʼyicha magistr darajasini oldi.
2020 yil aprel oyidan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari boʼyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
2007 yil - «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati - «Samarqand azim shahrim» mavzusidagi Internet-festival gʼolibi, «Eng faol ishtirokchi» nominatsiyasi boʼyicha Samarqand shahrida;
2009-2010 yillarda «Intvay Service» MChJ Аxborot texnologiyalari boʼyicha menejeri;
2011-2018 yillarda L’art du design MChJ IT boʼlimi boshligʼi;
2012 yil - «USENET-2012» Toshkentdagi professional Internet konferentsiyasining maʼruzachisi, sertifikat egasi;
2013 yil - Kamolot yoshlar harakati - Samarqand shahrida oʼtkazilgan «Kelajak ovozi 2013» tanlovi gʼolibi;
2013 yil - «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati - «Yurt Kelajagi 2013» respublika tanlovi lauriyati;
2013 yil - UZ 2013 milliy domeni Internet-festivalining «Madaniyat sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyasi boʼyicha lauriyati;
2016-2018 - Dubaydagi BOBU IT SERVICES raqamli agentligining asoschisi, boshqaruvchi hamkori;
2016 yil - «Faol tadqiqot faoliyati va zamonaviy ilm-fan rivojiga qoʼshgan ulkan hissasi uchun» «World Science UAE 2016» diplom bilan taqdirlangan;
2017 yil - «Raqamli Oʼzbekiston»ni shakllantirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish yoʼnalishi boʼyicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
2018 yil - SmartChain MChJ IT-kompaniyasining direktori;
2018 yil - «InnoWeek-2018» xalqaro koʼrgazmasining «Eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasi gʼolibi;
2019 yil - Аmir Temur maqbarasi misolida Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda birinchi Smart-muzeyning muallifi. Ushbu loyiha muallif tomonidan, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning 2019 yil aprel oyida davlatimiz rahbari bilan Samarqandga tashrifi chogʼida taqdim etilgan;
2019 yil – «Ichan-Qalʼa» ochiq osmon ostidagi smart muzeyi hamda, Xiva shahridagi «mennonit nemislari» smart muzeyi muallifi. Ushbu loyiha muallif tomonidan, Germaniyaning Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmaer 2019 yil iyun oyida Xivaga tashrifi paytida ham taqdim etilgan;
2019 yil - «InnoWeek-2019» xalqaro koʼrgazmasining «Smart turizm» nominatsiyasi lauriyati;
2020 yil - «InnoWeek-2020» Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligini onlayn shaklda oʼtkazishda raqamli platformani muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun uchun sertifikat bilan taqdirlandi;
2020 yil - «Kelajak Bunyodkori» medali davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
20 dan ortiq ilmiy maqolalarini, xalqaro jurnallarda nashr etdi, xalqaro konferentsiyalar, seminarlar va forumlarda maʼruzalar bilan chiqish qilgan.
8 ta innovatsion IT-ishlanmalar muallifi, u 18 ta xalqaro mualliflik guvohnomalarini va Oʼzbekiston Respublikasida joriy qilingan va chet elga eksport qilingan АT-mahsulotlarga patentlarni oldi, bular: toʼlov tizimlari, banklar va hisob-kitob markazlari uchun Allpay dasturiy taʼminoti, toʼlov xizmatlari uchun ALD dasturiy taʼminoti. , NazzАR - kengaytirilgan haqiqat platformasi, Tourist Live Postcards - interaktiv smart-kartalar franshizasi, NazzAR.SM Smart Museum, AR-AVATAR - Virtual Assistant, NazzAR.VM Virtual Museum, Digital EXPO - virtual koʼrgazmalar uchun raqamli platforma.
Ushbu yuqori texnologik ishlanmalar bugunda taʼlim, sayyohlik, madaniyat, koʼrgazma faoliyati, biznes va bank sohasida faol ravishda amalga oshirilmoqda. Masalan, kengaytirilgan reallik texnologiyasiga asoslangan NazzAR.SM mamlakatimizning 6 mintaqasidagi 30 dan ortiq muzeylarida tatbiq etildi. Muallif reja muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi toʼgʼrisida fikr va mulohazalar bitilgan nomalar oldi.
NazzAR platformasida Xalqaro koʼrgazma va festivallarda namoyish etilgan madaniyat va turizm sohasidagi IT-echimlar Oʼzbekistonning zamonaviy innovatsion davlat sifatida obroʼsini yanada oshirdi.