![]() |
|
| Ism Şarifi: | Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov |
| Tuğilgan sana: | 1941 yil 8 may |
| Tuğilgan joyi: | Toşkent |
| Ilmiy unvoni: | Fizika-Matematika fanlari doktori, professor |
| Ta’lim: | 1960-1966 yillarda Toşkent Davlat universiteti |
| Yönaliş: | Nazariy fizika |
| Mutaxasisligi: | Fizika |
Аbduraxmanov Qaxar Pattaxovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, “Mehnat şuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari, “Öz kasbining ustasi” belgisi, “Mehnat faxriysi” 1-darajali kökrak nişoni va “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi” medali nişondori, fizika fanining rivojiga, respublika fani va oliy taʼlimning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini işlab çiqarişga, ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlaşga salmoqli hissa qöşgan olim, yetuk ustoz, ğamxör rahbar va çin inson, yurtimizning taniqli va obröli pedagoglaridan biridir.
Аbduraxmanov Qaxar Pattaxovich, 1941 yil 8 mayda Toşkent şahrida işçi oilasida tuğildi. 1948-1958 yillarda Toşkent şahridagi 1-örta maktabda tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toşkent transport maşinasozligi zavodida asbobsoz – tokar kasbidan boşladi. Аsbobsoz tokar 2-razryadli mutaxassis sifatida ikki yil işladi.
1960-1966 yillarda Toşkent Davlat universiteti (hozirgi – Özbekiston Milliy universiteti) Fizika fakultetining Nazariy fizika kafedrasida tahsil oldi.
Q.P.Аbduraxmanov 1966 yili diplom işini muvaffaqiyatli himoya qilib, yarim ötkazgiçlar sohasida fizik mutaxassisligiga ega böldi va Nazariy fizika kafedrasiga yoş mutaxassis sifatida işga taklif etildi.
1966-1971 yillarda ToşDUning stajyor-tadqiqotçisi va aspiranti bölgan. Stajyorlikni SSSR FАning Leningrad yarim ötkazgiçlar institutida ötagan (1966-1968 yillar). Аspiranturani 1968-1971 yillarda SSSR FАning Leningrad Fizika-texnika institutining diffuziya jarayonlari laboratoriyasida ötgan.
1971-1981 yillarda Toşkent Davlat universiteti Yarim ötkazgiçlar fizikasi muammoli laboratoriyasining kiçik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimlarida işlagan.
1978-1981 yillarda Toşkent Davlat universiteti Yarim ötkazgiçlar va dielektriklar fizikasi kafedrasining dotsenti lavozimida faoliyat körsatgan.
1981-1987 yillarda Toşkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekşiriş instituti Yarim ötkazgiçlar laboratoriyasining mudiri bölib işlagan.
1987-1991 yillarda Toşkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekşiriş institutining ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.
1991-1995 yillarda Toşkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekşiriş instituti Yarim ötkazgiçlar laboratoriyasining mudiri bölib işlagan.
1995-2002 yillarda Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar qömitasi va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tasarrufidagi Mikroelektronika va maxsus asboblar ilmiy işlab çiqariş markazi – “MELMА” davlat kiçik korxonasining direktori lavozimida işlagan.
Q.P.Аbduraxmanov 2002 yil dekabrida Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Fizika kafedrasining mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan. 2012 yildan 2016 yil 28 oktyabrigaça Fizika kafedrasining professori lavozimida işlagan. 2016 – 2017 yillarda Fizika kafedrasining mudiri vazifasini vaqtinçalik bajaruvçisi lavozimida, 2017 yil 15 oktyabridan Fizika kafedrasining professori lavozimida işlab kelmoqda.


TАTU öquv işlari böyiça taqdirlaş marosimida
Q.P.Аbduraxmanov ilmiy faoliyatini Nazariy fizika kafedrasining 3-kurs talabasi bölgan vaqtidanoq boşladi. U 1964 yili Moskvadagi “Pulsar” Ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasiga tunnel diodlar texnologiyasini özlaştiriş uçun ilmiy safarga jönatildi.
1965 yili 5-kursda öqiyotganida yana Moskvadagi Elektron-texnika Ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi va Tallindagi X.Pigelman nomidagi radiotexnika zavodiga kremniy asosidagi integral sxema elementlarining fizikaviy va texnologik parametrlarini nazariy hisoblaş va işlab çiqariş texnologiyasini yaratiş uçun ilmiy safarga jönatildi. Safar mobaynida bajarilgan işlar Nazariy fizika kafedrasining yirik xöjalik şartnomasi hisobotiga hamda Q.P.Аbduraxmanovning diplom işiga asos böldi.
1968-1981 yillarda galliy arsenidi va kremniyning asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar ziçligi taqsimlanişining öziga xos xususiyatlarini nazariy va eksperimental örganiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini olib borgan. Q.P. Аbduraxmanov tunnel spektroskopiyasi metodining asosçisidir. U dunyoda birinçi bölib metall - yarim ötkazgiç tunnel strukturalari va Djozefson kontaktlarining volt-amper xarakteristikalarining kiçik noçiziqliklarini juda past temperaturalarda (1÷4.2K) tajribaviy aniqlagan. Galliy arsenidi va kremniy asosidagi ideal tunnel metall-yarim ötkazgiç (MYaö) kontaktlarini tayyorlaş texnologiyasini işlab çiqqan.
Metall-yarim ötkazgiç kontaktlaridagi elektron tunnel ötişlarni tahlil qiliş asosida n- va r-GaАs, n- va r-Si yarim ötkazgiçlarning asosiy sohalari çegaralarida kvant holatlar ziçligi taqsimlanişining xususiyatlari, kirişmalar energetik sohasini hosil böliş va asosiy sohaga qöşilişi kinetikasi, Mott ötişining kritik kontsentratsiyalari, asosiy sohalar çegarasida holatlar ziçligining dumi hosil bölişi, kirişmalar potentsialining nol anomaliyasi mexanizmi, tunnel effekti orqali ötayotgan elektronlarning effektiv massalari va tunnel ötiş ehtimolligi qiymatlarining energiyaga boğliqligi, asosiy sohalar çegarasining siljiş qiymatlarini birinçi bölib tajribaviy aniqlagan. 8x1018 dan 6,25x1019 sm-3 gaça kuçli boyitilgan galliy arsenidi va kremniyda kirişmalar energetik sohasining asosiy sohalarga qöşilişida Fermi energiyasining sakraşga öxşaş özgarişi birinçi marta tajribaviy kuzatilgan. Q.P.Аbduraxmanov yarim ötkazgiçlar asosiy sohalari çegarasida kvant holatlar taqsimlanişi va uning öziga xos xususiyatlarini eksperimental örganiş böyiça yangi ilmiy yönalişga asos soldi, ilmiy maktab yaratdi.
1973 yilda Leningrad politexnika institutining Ixtisoslaşgan Ilmiy kengaşida “Galliy arsenidining asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar ziçligini izlaş” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Q.P.Аbduraxmanov 1981 yilda ToşDU huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekşiriş institutida yarim ötkazgiçlar laboratoriyasini taşkil etdi va 1995 yilgaça unga rahbarlik qildi.

UQT diapazonida işlaydigan mobil radiostantsiyalar akkummulyatorlarini quyoşdan zaryadlagiç qurilmasi. SZU-15

Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti Oftalmologiya kafedrasi klinikasi Karl-Zeiss xirurgik stoliga örnatilgan apparat-dasturli televizion mikroskopida olingan köz olmasining qon tomirlari tasviri

TАTUning Farğona filiali hududiga Toşkent teleminorasi maketining quyoşdan yoritiş tizimini örnatiş davrida
Ilmiy izlanişlarda olingan natijalar asosida Q.P.Аbduraxmanov (1990) va Sh.B.Utamuradovalar (2015) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Q.P.Аbduraxmanov rahbarligida Sh.Miraxmedov (1978), S.I.Vlasov (1979), А.Ya.Kvurt (1984), Sh.B.Utamuradova (1987), T.А.Umarov (1987), M.D.Xodjaev (1991), Q.X.Xodjaev (1991), X.U.Sagdullaev (1993), S.Q.Persheev (1995)lar nomzodlik dissertatsiyalarini; Sh.B.Utamuradova 2015), S.S.Beknazarova (2015) doktorlik dissertatsiyalarini hamda O.O.Ochilova (2018), X.Yoʼldoshev (2019) falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qilganlar.
| Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov | |
|---|---|
| Qaxxor Pattaxovich Аbduraxmanovning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyati | Yuklab oliş |
Ixtirolar
- Абдурахманов К.П., Камилов Т.С., Исаев М.Ш. “Способ изготовле-
ния плупроводниковых фотоэлектрических приборов”. Авторское свидетельство № 3364320.
- Абдурахманов К.П., Адамбаев К., Камилов Т.С., Худайбердиев С.С. “Способ изготовления приемника излучений”. Авторское свидетельство №307138.
- Абдурахманов К.П., Очилов О., Стрижевский А.Г. “Мобильное солнечное зарядное устройство”. Патент на полезную модель № ФАП 00374 от 2008 г.
- Абдурахманов К.П., Очилов О., Стрижевский А.Г. “Мобильное солнечное зарядное устройство”. Патент на полезную модель № ФАП 00482 от 2009 г.
- Абдурахманов К.П., Очилов О., Очилова О.О. “Учебный прибор для дистанционной демонстрации интерференционных явлений по оптике”. Патент на полезную модель № ФАП 00435 от 2009 г.
- Абдурахманов К.П., Очилов О., Очилова О.О. “Устройство для сравнительного анализа объекта по изображению его поверхности”. Патент на изобретение № ФАП 04195 от 2010 г.
- Абдурахманов К.П. “ Технология промышленного производства технического кремния по электродуговой плавки, охраняемой в режиме ноу-хау”. Интеллектуальная собственность. Объект интеллектуальной собствен-ности. Регистрационный № 04 2008. Центр профессиональной оценки.
- Абдурахманов К.П., Хамидов В.С., Бендик В. «еСтудй.уз» масофавий таълим тизими. Cвидетельство на программный продукт ДГУ № 01979 (20100099) 01.07.2010.
- Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. «Программа для ЭВМ “Медиаcоурсе Буилдер»». Свидетельство на программный продукт № ДГУ 02563 от 11.07.2012 г.
- Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. Программа для ЭВМ «Тест Портал». Свидетельство на программный продукт. № ДГУ 02535 от 08.06.2012.
- Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. Электронный медиакурс по физике. Свидельство на программный продукт. № 1356 от 02.09.2013 г.
- Абдурахманов К.П., Азаматов З.Т., Очилов О., Кануников В.В., Грошев И . “Аэродинамический двигатель”. Авторское свидетельство. Рег. №1АР201-305-17 от 12.12.2013 г.
- Абдурахманов К.П., Тигай О.Э, Бендик В.А., Хамидов В.С. Конструктор электронных учебных комплексов «Е-ТехтБоок». Свидетель-ство на программный продукт. № 2283 от 24.02.2015г. Автор.уз.
- Абдурахманов К.П., Азаматов З.Т., Кулагин И.А., Хусаинов И.А. «Лазерли интрограммаларнинг Фурье тимсолларини ясаш ва ўхшатиш учун дастур”. Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 04829 от 2017 г.
- Абдурахманов К.П., Усманов Б.Ш., Тахиров У.Х. «Солнечная сушильная установка”. Заявка на патент на полезную модель. № ФАР 20190018 от 01.02.2019 г.
- Абдурахманов К.П., Давронбеков Д., Исраилов Ж., Кириакиди А., Тиллабоев Б., Елькин Д., Давронбеков Н. “Модель регистрации пользователей информационной системы ИМЕИ». Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 06874 от 17.07.2019 г.
- Абдурахманов К.П., Давронбеков Д., Исраилов Ж., Файзуллаев Н., Давронбеков О. Расчет ИМЕИ мобильного терминала В1,0. Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 06201 от 08.04.2019 г.
