Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov

  • Home
  • Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov
Ism Sharifi: Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov
Tug‘ilgan sana: 1941 yil 8 may
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ilmiy unvoni: Fizika-Matematika fanlari doktori, professor
Ta’lim: 1960-1966 yillarda Toshkent Davlat universiteti
Yo‘nalish: Nazariy fizika
Mutaxasisligi: Fizika

   

    Аbduraxmanov Kaxar Pattaxovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, “Oʼz kasbining ustasi” belgisi, “Mehnat faxriysi” 1-darajali koʼkrak nishoni va “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi” medali nishondori, fizika fanining rivojiga, respublika fani va oliy taʼlimning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqarishga, ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga salmoqli hissa qoʼshgan olim, yetuk ustoz, gʼamxoʼr rahbar va chin inson, yurtimizning taniqli va obroʼli pedagoglaridan biridir.
Аbduraxmanov Kaxar Pattaxovich, 1941 yil 8 mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʼildi. 1948-1958 yillarda Toshkent shahridagi 1-oʼrta maktabda tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent transport mashinasozligi zavodida asbobsoz – tokarь kasbidan boshladi. Аsbobsoz tokarь 2-razryadli mutaxassis sifatida ikki yil ishladi.
   1960-1966 yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Oʼzbekiston Milliy universiteti) Fizika fakulьtetining Nazariy fizika kafedrasida tahsil oldi.
K.P.Аbduraxmanov 1966 yili diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, yarim oʼtkazgichlar sohasida fizik mutaxassisligiga ega boʼldi va Nazariy fizika kafedrasiga yosh mutaxassis sifatida ishga taklif etildi.
1966-1971 yillarda ToshDUning stajyor-tadqiqotchisi va aspiranti boʼlgan. Stajyorlikni SSSR FАning Leningrad yarim oʼtkazgichlar institutida oʼtagan (1966-1968 yillar). Аspiranturani 1968-1971 yillarda SSSR FАning Leningrad Fizika-texnika institutining diffuziya jarayonlari laboratoriyasida oʼtgan.
1971-1981 yillarda Toshkent Davlat universiteti Yarim oʼtkazgichlar fizikasi muammoli laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan.
1978-1981 yillarda Toshkent Davlat universiteti Yarim oʼtkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasining dotsenti lavozimida faoliyat koʼrsatgan.
1981-1987 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti Yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasining mudiri boʼlib ishlagan.
1987-1991 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekshirish institutining ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari sifatida faoliyat koʼrsatgan.
1991-1995 yillarda Toshkent Davlat universiteti huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti Yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasining mudiri boʼlib ishlagan.
1995-2002 yillarda Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar qoʼmitasi va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi Mikroelektronika va maxsus asboblar ilmiy ishlab chiqarish markazi – “MELMА” davlat kichik korxonasining direktori lavozimida ishlagan.
K.P.Аbduraxmanov 2002 yil dekabrida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fizika kafedrasining mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan. 2012 yildan 2016 yil 28 oktyabrigacha Fizika kafedrasining professori lavozimida ishlagan. 2016 – 2017 yillarda Fizika kafedrasining mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi lavozimida, 2017 yil 15 oktyabridan Fizika kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.

TАTU oʼquv ishlari boʼyicha taqdirlash marosimida

   K.P.Аbduraxmanov ilmiy faoliyatini Nazariy fizika kafedrasining 3-kurs talabasi boʼlgan vaqtidanoq boshladi. U 1964 yili Moskvadagi “Pulьsar” Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga tunnelь diodlar texnologiyasini oʼzlashtirish uchun ilmiy safarga joʼnatildi.
1965 yili 5-kursda oʼqiyotganida yana Moskvadagi Elektron-texnika Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Tallindagi X.Pigelьman nomidagi radiotexnika zavodiga kremniy asosidagi integral sxema elementlarining fizikaviy va texnologik parametrlarini nazariy hisoblash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish uchun ilmiy safarga joʼnatildi. Safar mobaynida bajarilgan ishlar Nazariy fizika kafedrasining yirik xoʼjalik shartnomasi hisobotiga hamda K.P.Аbduraxmanovning diplom ishiga asos boʼldi.
1968-1981 yillarda galliy arsenidi va kremniyning asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar zichligi taqsimlanishining oʼziga xos xususiyatlarini nazariy va eksperimental oʼrganish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K.P. Аbduraxmanov tunnelь spektroskopiyasi metodining asoschisidir. U dunyoda birinchi boʼlib metall - yarim oʼtkazgich tunnelь strukturalari va Djozefson kontaktlarining volьt-amper xarakteristikalarining kichik nochiziqliklarini juda past temperaturalarda (1÷4.2K) tajribaviy aniqlagan. Galliy arsenidi va kremniy asosidagi ideal tunnelь metall-yarim oʼtkazgich (MYaoʼ) kontaktlarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqqan.
Metall-yarim oʼtkazgich kontaktlaridagi elektron tunnelь oʼtishlarni tahlil qilish asosida n- va r-GaАs, n- va r-Si yarim oʼtkazgichlarning asosiy sohalari chegaralarida kvant holatlar zichligi taqsimlanishining xususiyatlari, kirishmalar energetik sohasini hosil boʼlish va asosiy sohaga qoʼshilishi kinetikasi, Mott oʼtishining kritik kontsentratsiyalari, asosiy sohalar chegarasida holatlar zichligining dumi hosil boʼlishi, kirishmalar potentsialining nolь anomaliyasi mexanizmi, tunnelь effekti orqali oʼtayotgan elektronlarning effektiv massalari va tunnelь oʼtish ehtimolligi qiymatlarining energiyaga bogʼliqligi, asosiy sohalar chegarasining siljish qiymatlarini birinchi boʼlib tajribaviy aniqlagan. 8x1018 dan 6,25x1019 sm-3 gacha kuchli boyitilgan galliy arsenidi va kremniyda kirishmalar energetik sohasining asosiy sohalarga qoʼshilishida Fermi energiyasining sakrashga oʼxshash oʼzgarishi birinchi marta tajribaviy kuzatilgan. K.P.Аbduraxmanov yarim oʼtkazgichlar asosiy sohalari chegarasida kvant holatlar taqsimlanishi va uning oʼziga xos xususiyatlarini eksperimental oʼrganish boʼyicha yangi ilmiy yoʼnalishga asos soldi, ilmiy maktab yaratdi.
   1973 yilda Leningrad politexnika institutining Ixtisoslashgan Ilmiy kengashida “Galliy arsenidining asosiy sohalari yaqinidagi kvant holatlar zichligini izlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
   K.P.Аbduraxmanov 1981 yilda ToshDU huzuridagi Аmaliy fizika ilmiy-tekshirish institutida yarim oʼtkazgichlar laboratoriyasini tashkil etdi va 1995 yilgacha unga rahbarlik qildi.

UQT diapazonida ishlaydigan mobilь radiostantsiyalar akkummulyatorlarini quyoshdan zaryadlagich qurilmasi. SZU-15

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Oftalmologiya kafedrasi klinikasi Karl-Zeiss xirurgik stoliga oʼrnatilgan apparat-dasturli televizion mikroskopida olingan koʼz olmasining qon tomirlari tasviri

TАTUning Fargʼona filiali hududiga Toshkent teleminorasi maketining quyoshdan yoritish tizimini oʼrnatish davrida

   Ilmiy izlanishlarda olingan natijalar asosida K.P.Аbduraxmanov (1990) va Sh.B.Utamuradovalar (2015) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. K.P.Аbduraxmanov rahbarligida Sh.Miraxmedov (1978), S.I.Vlasov (1979), А.Ya.Kvurt (1984), Sh.B.Utamuradova (1987), T.А.Umarov (1987), M.D.Xodjaev (1991), K.X.Xodjaev (1991), X.U.Sagdullaev (1993), S.K.Persheev (1995)lar nomzodlik dissertatsiyalarini; Sh.B.Utamuradova 2015), S.S.Beknazarova (2015) doktorlik dissertatsiyalarini hamda O.O.Ochilova (2018), X.Yoʼldoshev (2019) falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qilganlar.

 

Qaxxor Pattaxovich Abduraxmanov
Qaxxor Pattaxovich Аbduraxmanovning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyati Yuklab olish

 

Ixtirolar

  • Абдурахманов К.П., Камилов Т.С., Исаев М.Ш. “Способ изготовле-

ния плупроводниковых фотоэлектрических приборов”. Авторское свидетельство № 3364320.

  • Абдурахманов К.П., Адамбаев К., Камилов Т.С., Худайбердиев С.С. “Способ изготовления приемника излучений”. Авторское свидетельство №307138.
  • Абдурахманов К.П., Очилов О., Стрижевский А.Г. “Мобильное солнечное зарядное устройство”. Патент на полезную модель № ФАП 00374 от 2008 г.
  • Абдурахманов К.П., Очилов О., Стрижевский А.Г. “Мобильное солнечное зарядное устройство”. Патент на полезную модель № ФАП 00482 от 2009 г.
  • Абдурахманов К.П., Очилов О., Очилова О.О. “Учебный прибор для дистанционной демонстрации интерференционных явлений по оптике”. Патент на полезную модель № ФАП 00435 от 2009 г.
  • Абдурахманов К.П., Очилов О., Очилова О.О. “Устройство для сравнительного анализа объекта по изображению его поверхности”. Патент на изобретение № ФАП 04195 от 2010 г.
  • Абдурахманов К.П. “ Технология промышленного производства технического кремния по электродуговой плавки, охраняемой в режиме ноу-хау”. Интеллектуальная собственность. Объект интеллектуальной собствен-ности. Регистрационный № 04 2008. Центр профессиональной оценки.
  • Абдурахманов К.П., Хамидов В.С., Бендик В. «еСтудй.уз» масофавий таълим тизими. Cвидетельство на программный продукт ДГУ № 01979 (20100099) 01.07.2010.
  • Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. «Программа для ЭВМ “Медиаcоурсе Буилдер»». Свидетельство на программный продукт № ДГУ 02563 от 11.07.2012 г.
  • Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. Программа для ЭВМ «Тест Портал». Свидетельство на программный продукт. № ДГУ 02535 от 08.06.2012.
  • Абдурахманов К.П., Бекназарова С.С. Электронный медиакурс по физике. Свидельство на программный продукт. № 1356 от 02.09.2013 г.
  • Абдурахманов К.П., Азаматов З.Т., Очилов О., Кануников В.В., Грошев И . “Аэродинамический двигатель”. Авторское свидетельство. Рег. №1АР201-305-17 от 12.12.2013 г.
  • Абдурахманов К.П., Тигай О.Э, Бендик В.А., Хамидов В.С. Конструктор электронных учебных комплексов «Е-ТехтБоок». Свидетель-ство на программный продукт. № 2283 от 24.02.2015г. Автор.уз.
  • Абдурахманов К.П., Азаматов З.Т., Кулагин И.А., Хусаинов И.А. «Лазерли интрограммаларнинг Фурье тимсолларини ясаш ва ўхшатиш учун дастур”. Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 04829 от 2017 г.
  • Абдурахманов К.П., Усманов Б.Ш., Тахиров У.Х. «Солнечная сушильная установка”. Заявка на патент на полезную модель. № ФАР 20190018 от 01.02.2019 г.
  • Абдурахманов К.П., Давронбеков Д., Исраилов Ж., Кириакиди А., Тиллабоев Б., Елькин Д., Давронбеков Н. “Модель регистрации пользователей информационной системы ИМЕИ». Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 06874 от 17.07.2019 г.
  • Абдурахманов К.П., Давронбеков Д., Исраилов Ж., Файзуллаев Н., Давронбеков О. Расчет ИМЕИ мобильного терминала В1,0. Свидетельство интеллектуальной собственности № ДГУ 06201 от 08.04.2019 г.