Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

TATU Qarshi filiali tarkibida bugungi kunda bitta“Kompyuter injiniring” fakulteti va fakultetda 6 ta kafedra - “Axborot texnologayalari”, “Dasturiy injiniring”, “Axborot-ta’lim texnologiyalari”, “Telekommunikatsiya injiniring”, “Tabiiy va umumkasbiy fanlar” va “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.

Filialda 72 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat olib boradi, shundan 17 nafari ilmiy unvonga ega bo‘lib, filialda ilmiy salohiyat 23 foizni tashkil etadi. Filial professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 34 yoshni tashkil etadi. Filial professor-o‘qituvchilarining 19 foizi ingliz tilida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish qobiliyatiga ega, 10 nafar pedagog xodimlar xorijda malaka oshirgan.

Filialda 5 ta - 5330500-“Kompyuter injiniringi”, 5330600-“Dasturiy injiniring”, 5350100-“Telekommunikatsiya texnologiyalari”, 5350400-“ AKT sohasida kasb ta’limi”, 5330300-“Axborot xavfsizligi” bakalavr ta’limi yo‘nalishlari va bitta 5A330501-“Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Filial talabalar kontingenti 898 nafar talabadan iborat bo‘lib, shundan 4 nafari 2-kurs magistratura talabalarini tashkil etadi.

2016-2017 o‘quv yilida 5330300 -“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi ochilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali murojaat ma'lumotlari