TATUda Zulfiyaxonim tavvaludining 104 yilligiga bag'ishlangan "Bahor keldi seni So'roqlab" nomli ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • TATUda Zulfiyaxonim tavvaludining 104 yilligiga bag'ishlangan "Bahor keldi seni So'roqlab" nomli ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

1-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqimizning ardog'idagi shoira nafosat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim tavvaludining 104 yilligiga bag'ishlab "Bahor keldi seni So'roqlab" nomli ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Tanlov O'zbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda Universitetimiz faollar zalida tashkil etildi. 


Ko'rik tanlovda har bir fakultetdan 1 nafardan qiz 3 ta shart bo'yicha bellashdilar. Ko'rik tanlov yakunida 3-o'rin AKT sohasida Kasbiy ta'lim fakulteti talabasi Xaqnazarova Dilobar, 2-o'rin Axborot xavfsizligi fakulteti talabasi Baratova Zahro hamda faxrli 1-o'rin Dasturiy Injiniring fakulteti talabasi Abdullayeva Ra'noxonlar qo'lga kiritdi. G'olib va ishtirokchilar ko'rik tanlov tashkilotchilari va Boshlang'ich Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan darajali diplom, maxsus sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

TATU matbuot xizmati