#kõrik_tanlov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-qizlari o‘rtasida "Zulfiya izdoshlari" nomli ko‘rik - tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yuksak ma’naviyatli, tashabbuskor, bilimli, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan talaba-qizlarni aniqlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, turli tanlov va bellashuvlarga tavsiya qilishdek ezgu niyatlarni maqsad qilgan.Ushbu tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:
1-shart: Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga mansub mavzu doirasida chiqish
2-shart: “Buvijonim kiygan kiyimlar” mavzusi
3-shart: “Erkin mavzu” bo‘lib, talab qizlar shartlar doirasida o‘z mahoratlarini namoyon qildilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, AKT sohasidagi kasb ta’limi fakulteti talabasi To‘xtayeva Shahina tanlovning mutlaq g‘olibasi deb topildi.