🟢Joriy yilning 18-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning Telekommunikatsiya uskunalari va mobil telefonlar ishlab chiqarish bo‘yicha 2-o‘rinda turuvchi ZTE kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha rahbarlari tashrif buyurdi.
✅Delegatsiya tarkibida ZTE korporatsiyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha Global muhandislik xizmati yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezidenti - Sun Fangping, ZTE korporatsiyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha Marketing yo‘nalishi vitse-prezidenti - Syue Bin, "ZTE Investment" MChJ direktori - Van Guangdong, "ZTE Investment" MChJ direktor o‘rinbosari - Ildar Yusupovlar ishtirok etdilar.
✅Tashrif chog‘ida ta’lim sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va tarmoq xavfsizligi kabi bugungi sanoat tendensiyalari bo‘yicha bilimlarni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Uchrashuvda ZTE va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada takomillashtirish imkoniyatlarini, shuningdek, tomonlar ta’lim loyihalarini amalga oshirish rejalarini muhokama qildilar.
📌Ma’lumot uchun:
“ZTE INVESTMENT” MChJ – 2003 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi bozorida faoliyat yuritib kelayotgan ZTE Corporation yirik global kompaniyasining vakolatxonasi hisoblanadi.