ZTE kompaniyasi delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • ZTE kompaniyasi delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi

 

 

 

ZTE kompaniyasi delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi

🗓 Kuni kecha Xitoyning yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan ZTE kompaniyasi delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida ZTE kompaniyasining bosh vitse-prezidentlari Gu Junying, James Zhang, Xue Bin hamda ZTE kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Wang Guangdong ishtirok etdilar.

✅ Tashrif davomida mehmonlarga TATUda faoliyat yuritayotgan zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari, media markazi hamda FabLab infratuzilmalari faoliyati yaqindan tanishtirildi.

💬 Uchrashuv jarayonida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda istiqbolli rejalar belgilandi:

⏺ Talabalar o‘rtasida xalqaro xakatonlar tashkil etish;
⏺ Talabalarni zamonaviy IT kompaniyalarda ish bilan ta’minlash masalalarini rivojlantirish;
⏺ Ta’lim tizimiga smart texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.

Tashrif yakunida ZTE kompaniyasi rahbarlariga universitet bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashriflari uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi.

🤝 TATU va ZTE — innovatsion g‘oyalar hamda raqamli texnologiyalar asosidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda!