"ZTE Investment" kompaniyasi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • "ZTE Investment" kompaniyasi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Faollar zalida "Radio va mobil aloqa" hamda "Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakultetlari talabalari uchun "ZTE Investment" kompaniyasi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarning maqsadi Universitetda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash bo'lib, talabalar 3-kursdan boshlab "ZTE Investment" kompaniyasida amaliyot va stajirovka o'tashlari mumkinligi, 4-bosqichni tamomlagandan so'ng ishlash imkoniyati mumkinligi tushuntirildi.

Soha mutaxassislari va talabalar o'rtasida qizg'in savol-javoblar bo'lib o'tdi.